1.2 Buyurtmachi: (talaba) 1.2.1 Ta’lim olish jarayonida tegishli normativhuquqiy hujjatlar, oliy ta’lim muassasalari binosi, kutubxona fondi va elektron o’quv
resurslaridan foydalanish;
1.2.2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824sonli qarori 1ilova “Oliy ta’lim muassalarida
o‘quv jarayoniga kreditmodul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga amal qilish va uni so‘zsiz bajarish;
1.2.3 O‘quv jarayonida bilim va saviyani baholash mezonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish?
1.2.4 Universitet tomonidan tashkil etiladigan sportsog’lomlashtirish, ma’naviyma’rifiy va boshqa ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish;
1.2.5 Universitet tomonidan belgilangan ichki tartib qoidalari talablariga to’liq rioya qilishi, oliygoh rahbariyati tomonidan chiqarilgan
buyruq va farmoyishlarni so’zsiz bajarish
1.2.6 Joriy o’quv yili uchun belgilangan o’qitishning to’liq qiymatini o’z muddatlarida to’lash;
1.2.7 To’lov amalga oshirilgandan so’ng talaba universitet buxgalteriyasiga to’lovni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
1.2.8 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori yoki tariflar o’zgarganda, ushbu farq o’qitishning qolgan muddati uchun ta’lim
muassasasiga to’lanishi lozim
1.2.9 Kunduzgi ta’lim shaklida o’qiydigan talaba o’z hohishiga asosan stipendiyali kontrakt to’lovlarini amalga oshirgan taqdirda
stipendiya olish huquqiga ega.
2. O’qitishning to’lov miqdori, muddatlari va to’lash tartiblari: 2.1 Kechgi ta`lim shakli (ta’lim tili Rus), 5120102Filologiya va tillarni o`qitish:rus tili ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) uchun
2021/2022 o'quv yilida o'qitishning yillik to'lov miqdori
8219893 (
sakkiz million ikki yuz o`n to`qqiz ming sakkiz yuz to`qson uch ) so'mni tashkil etadi.
Kunduzgi ta’lim shakli asosida ta’lim oladigan talaba stipendiyasiz o’qigan taqdirda umumiy summadan stipendiyaning yillik bazaviy
miqdori chegirib tashlanadi. (stipendiyaning bazaviy miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi).
Ta’limning sirtqi va kechki shakllarida tahsil oladigan talabalar uchun stipendiya nazarda tutilmagan bo’ladi.
2.2 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining bayoniga asosan 2021yil
15noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022o`quv yili uchun belgilangan
stipendiyasiz bazaviy to`lovkontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi nazarda tutilgan.
2.3 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oshirilganda to’lovkontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan mos
ravishda oshiriladi.
2.4 Talaba tahsil olayotgan o’quv yillari uchun kontrakt to’lov miqdorlari va tariflari o’zgarganda, buyurtmachi yoki jismoniy
shahslarga to’lovlarni amalga oshirishlari uchun har bir o’quv yilida to’lov varaqalari rasmiylashtirilib beriladi.
2.5 O‘qitish uchun to‘lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Semestrlarga bo‘lib to‘langanda:
kuzgi semestr (birinchi yarim yillik) uchun birinchi kursda kamida 20 noyabrgacha;
bahorgi semestr (ikkinchi yarim yillik) uchun 1 martgacha. Keyingi kurslar, ya’ni ikkinchi va undan yuqori kusrlarda mos ravishda 1
oktabr hamda 1 mart (oymaoy to‘langan hollarda ham).
b) Choraklarga bo‘lib to‘langanda:
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 20 noyabrgacha yoki Davlat
komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan keying bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha;
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha, 75 foizini 1aprelgacha va 100 foizini 1 iyulgacha.
2.6 Shartnomaning 2.5 bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish Buyurtmachi (talaba) ning asosli sabablari ko‘rsatilgan
holdagi yozma murojaatiga ko‘ra Universitet kengashining qarori asosida qabul qilinadi va bir semestr uchun amal qiladi.
2.7 Talaba ichki tartib qoidalarni, o‘quv intizomini buzganligi va akademik o‘zlashtirmaganligi shuningdek, shartnoma shartlarini
bajarmaganligi uchun o‘qishdan chetlashtirilganda o’qigan davri uchun to’langan to’lovlar qaytarib berilmaydi, to‘lanmagan taqdirda
esa, talabaning o‘qishga qatnashgan davr uchun to‘lov ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi.
2.8 Oshirilgan to‘lovkontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilingan (bakalavr) talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi
o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lovkontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettiradi.
2.9 Oshirilgan to‘lovkontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilingan talabalar o‘quv yili ikkinchi semestridan uzrli sabablarga ko‘ra
qatnasha olmaganda, keyingi o‘quv yilda o‘qishni davom ettirishi uchun mazkur shartnomada belgilangan summaning to’lanmagan
miqdori to‘langanligidan so‘ng o‘qishni davom ettirishi mumkin.