9. Amalga oshirilayotgan kredit siyosatiga muvofiq foiz stavkasi asossiz darajada yuqori bo’lsa, u qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo’nalishi bo’lib, u mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investi-tsiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo’lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
kreditlarning qaytarilmasligi;
ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsu-lotlar narxining o’sishi;
qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;
ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromad-larining pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog’lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va pirovard natijada byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
10. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo’nalishi) sifatida davlatning baho siyosati nimalar orqali ifodalanadi?
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
О‘z navbatida, Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va sosial siyosatini amalga oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va Shu ma’noda yordamchi rolni о‘ynaydi. Bir vaqtning о‘zida davlat siyosatining boshqa – milliy, gyeosiyosat, harbiy – yо‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana Shu barcha byesh yо‘nalishning (iqtisodiy, sosial, milliy, gyeosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumyenti sifatida xizmat qiladigan Moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning Yuqori (oliy) organlariga tyegishlidir. Mamlakatning sub’yektlari darajasida Moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chyegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tyegishli dyeb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet fyedyeralizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati Shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsyentrasiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat Yuqori va quyi organlarining о‘zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defisitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va h.k.larda ifodalanadi.