Moliya va soliqlar



Download 145,58 Kb.
bet4/7
Sana14.07.2022
Hajmi145,58 Kb.
#797663
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
document

Adabiyotlar sharhi. Bozor risklari borasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan atroflicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Vukovich, Vyklyuk, Chernova va Maitilar tadqiqotida kelajak- da eng yuqori Sharp koeffitsientini bashorat qilish maqsadida jahon inqirozidan oldingi, davrida va un­dan keyingi davrlarda qarz vositalarining daromad- liligi to'g'risidagi ma'lumotlarni guruhladi[2].
Malkina va Balakin o'z tadqiqotlarida Sharp koeffitsienti orqali “soliq portfeli” ning riski va ren- tabelligi hisoblagan. Hamda, aniqlangan omillarni (har bir soliq bo'yicha risk, ushbu soliqlarning umu- miy daromadlardagi ulushi va ularning rentabelligi o'rtasidagi bog'liqlik) hisobga olish asosida soliq tizimining riskini baholash metodologiyasi taklif etildi va sinovdan o'tkazdi[3].
Geng Deng, Tim Dulaney, Craig McCann va Olivia Wang tomonidan olib borilgan tadqiqotda risk ostidagi qiymat (VaR) tomonidan sozlangan Sharp koeffitsientiga asoslangan ishonchli portfelni optimallashtirish yondashuvini taklif etilgan. Ular cheklangan tarixiy daromadlar seriyasidan foyda- langan holda an'anaviy Sharp koeffitsienti hisob- kitoblarida xatolik yuzaga kelishini ta'kidlashgan[4]. Saeid Tajdini, Mohsen Mehrara va Reza Tehran o'z tadqiqotlarida Tehron fond birjasining turli indeks- larining birinchi navbatda 2018-03-21 dan 2018­11-02 gacha bo'lgan bum davrida va ikkinchidan, 2016-03-20 dan 2016-12-yilgacha bo'lgan tanazzul davridagi xatti-harakatlarini Sharp koeffitsienti yor- damida hisoblab, ular o'rtasidagi farqlarni o'rganib chiqishgan[5].
K.Dowd o'z ilmiy maqolasida risklarni sozlash va ishlashni baholash uchun yangi qoidani taklif qildi. Ushbu qoida taniqli Sharp koeffitsienti mezzo- nining umumlashtirilishi bo'lib, oddiy sharoitlarda menejerga alternativ riskli investitsiyalarni to'g'ri baholash imkonini berishini isbotladi[6]. Greg n. Gregoriou va Jean-Pierre Gueyielar Xedj fondlari mablag'larining riskka moslashtirilgan ko'rsatkich- larini Sharp koeffitsienti orqali hisoblash amaliyoti- ni ko'rib o'tishgan[7].
Lin Liu va Qiguang Chen “Bozor samarador- ligini qanday taqqoslash mumkin?” [8] deb nomlan- gan maqolasida bozorlarning zaif shakli samarador- ligini solishtirishning yangi usulini keltirib chiqa- radi. Mualliflar Sharp koeffitsienti formulasini ARMA-GARCH modelidan oladi va Sharp koeffitsien- ti faqat AR va MA shartlarining koeffitsientlariga bog'liqligini va GARCH jarayoniga ta'sir qilmasligini aniqlaydi.
Mahalliy iqtisodchi olimlardan S.Elmirzayev va boshqalar “Moliya bozori” darsligida investitsion samaradorlik va portfel riskini aniqlash bo'yicha turli ko'rsatkichlarni ko'rib o'tishgan bo'lib, bunda ushbu olimlar Sharp koeffitsiyentini Markovis port- fel nazariyasi yordamida aniqlangan har bir risk uchun risksiz foiz stavkasiga qo'shimcha daro- madlilik sifatida talqin qilish mumkinligi, hamda ushbu koeffitsiyent berilgan risk darajasiga mos keladigan portfel daromadliligining sifatini aniq- lash nuqtai nazaridan kelib chiqib portfel riskini hisoblash mumkinligi haqida fikr yuritishgan[9].
O.Hamdamov O'zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasining 2018-yil 14 dekabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog'lomlashti- rish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbir- lari to'g'risida” 1013-sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan Nizomga, xalqaro tajribalardan kelib chiq- qan holda “Korxonalar moliyaviy-iqtisodiy ahvolini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar” qatoriga, investitsiya- larning risk va daromadlilik darajasini baholovchi ko'rsatkichlarni kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Uning fikriga ko'ra, buning natijasida investor korxonaga kiritayotgan sarmoyasining iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan tashqari xar bir olinadigan birlik moliyaviy natijaga to'g'ri kela- digan risk darajasini baholay olishi mumkin bo'la- di[10]. Bundan tashqari, mahalliy iqtisodchi olim- lardan moliyaviy institutlarga ta'sir etuvchi moliya- viy risklarni I.Jumaniyozov[11], fuqarolarning yoshi bo'yicha pensiya ta'minoti bilan bog'liq moliyaviy risklarni baholash metodologiyalarini Sh.Khamda- mov[12] va integratsion jarayonlarda moliyaviy risklarni tahlilini va B.Sattorov va S.Allayorov- lar[13] o'rganishgan.

Download 145,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish