Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tеgishli viloyat, tuman, shahar pul
mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdеk, moliya yili mobaynida aniq
maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda
tutiladi (O’zRning “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni).
Moliya yili – 12 oydan tashkil topgan hisobot davri bo’lib, uning yakunida
buxgaltеriya kitoblari yopiladi va daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi. Moliya
yili kalеndar yil bilan mos bo’lmasligi mumkin.