Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining
vazifa va funksiyalarini bajarish uchun yo’naltirilayotgan pul mablag’lari; davlat
pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli va hududiy
yo’nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlar.
Byudjetdan mablag’ ajratish – turli darajadagi byudjetlardan tasdiqlangan
xarajatlar paramеtrlariga binoan va davlat oldida turgan vazifalarni
moliyalashtirishga mo’ljallangan pul mablag’lari.
Byudjetdan moliyalashtirish – korxona, muassasa, tashkilotlarga ularning
xarajatlarini to’liq yoki qisman qoplash uchun davlat byudjetidan qaytarilmaydigan
mablag’larni ajratish.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar – byudjetdan alohida tashkil etiladigan,
maqsadli xususiyatga ega bo’lgan, umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik
tadbirlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan mustaqil moliya muassasalari
tizimi; davlat tomonidan ba`zi ijtimoiy ehtiyojlar uchun mustaqil ravishda
komplеks sarflanadigan jalb etilayotgan moliyaviy rеsurslarni qayta taqsimlash va
ishlatish shakli.