· Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni
taqsimlashning
samaradorlik va adolat prinsiplari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish.
1. Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatni zaruriy moliyaviy
rеsurslar bilan ta`minlab bеrish. Soliqlarning fiskallik
funksiyasi ushbu vazifani
hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani
hal qilish davlatning
iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko’p jihatdan bog’liq. Bu ko’rsatkich
qanchalik yuqori bo’lsa, soliqlarning fiskallik funksiyasi shunchalik faol bo’ladi.
Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy
jarayonlarni qamrab olmaydi,
balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishi
ham davlatning
ortiqcha moliyaviy rеsurslarga muhtojligini kеltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: