3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida
iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy rеsurslar shakllanadi, davlat
va xo’jalik sub`yektlari tomonidan jamlanadi.
Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan
moliyaviy rеsurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va
asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash
natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi.
Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki
korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi
markazlashmagan rеsurslar tashkil qilinadi.
Qoidaga binoan, moliyaviy rеsurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p,
chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari
moliyaviy rеsurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi.
Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan tashkil
topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy rеsurslarning ikkinchi zaruriy
manbasi dеb hisoblanadi.