183
Beshinchi
tur konfidensial ma’lumotlar tarkibiga ixtiro mazmuni, rasmiy chop
etilgunga qadar foydali model yoki ishlab chiqrish mahsuloti namunasi kiradi.
Xujjatlashtirilgan, tadbirkor tomonidan tijoratda va tashkilotni, korxonani, bankni,
kompaniyani yoki boshqa tuzilmalarni boshqarishda foydalaniladigan axborot uning
shaxsiy ma’lumotlari bo‘lib, uning uchun qimmatga ega, shuningdek intellektual
mulk hisoblanadi.
Ma’lumot qimmatliligi
qiymat turkumiga kirib, undan foydalanganda
keltiriladigan zarar miqdori yoki foyda miqdori bilan xarakterlanadi. Axborot firma
yoki tijoratni rivojlantirish uchun uning huquqiy ahamiyati tufayli qimmatga ega
bo‘ladi. Masalan, tasislovchi xujjatlar, dastur va rejalar, hamkor va dillerlar bilan
kelishuvlar va h.zo. Axborot qimmati uning kelgusi ilmiy, texnik yoki texnologik
ahamiyatida ham ifodalanishi mumkin.
Tadbirkor uchun intellektual qimmatga ega bo‘lgan ma’lumot ikki turga bo‘linadi:
1.
Texnik, texnologik – mahsulot tayyorlash usuli, dasturiy ta’minot, ishlab
chiqarish ko‘rsatkichlari, ximiyaviy formulalar, tajriba namunalarini qo‘llash
natijalari, sifat nazorati ko‘rsatkichlari va h.zo.
2.
Ish yuritish – qiymat ko‘rsatkichlari, bozorni o‘rganish natijalari, mijozlar
ro‘yxati, mijozlar ro‘yxati, iqtisodiy bashorat, bozor faoliyati strategiyasi va h.zo.
Qimmatli ma’lumotlar
huquqiy me’yorlar asosida himoyalanadi (patentlik,
mualliflik, aralash), mahsulot belgilari, firma sirlarini ifodalovchi axborot turkumi.
SHunday qilib tashkilot ichida aylanuvchi barcha ma’lumotlarni ikki qismga – ochiq
va konfidensialga bo‘lish mumkin. Tijorat axborotlari qimmati doimiy o‘zgarmas
bo‘lmay vaqti vaqti bilan o‘zgaradi. Bu holat yangi g‘oyalarning raqobatchi
tomonidan yaratilishi, ma’lumotni o‘zga tomonidan o‘g‘irlanishi yoki amalda
qo‘llanilishi, chop etilishi orqali barchaga ma’lum bo‘lishi bilan bog‘liq.
Ma’lumotning qimmatlilik darajasi va ishonchliligi uning himoyalanganligiga
bevosita bog‘liq. Tadbirkor va firma sirlarini tashkil etuvchi qimmatga ega bo‘lgan
axborot tarkibini aniqlash va unga asoslanish – axborot ximoya tizimining asosini
tashkil etadi. Qimmatga ega bo‘lgan axborot tarkibi maxsus ro‘yxatga olinib,
muddat (davr) va darajasiga (grifi) uning konfidensialligi (ruxsat etilmaganligi), o‘z
ish faoliyatida bu ma’lumotlardan foydalanishga ruxsati bo‘lgan firma xodimlari
ro‘yxati bilan belgilanadi. Bu toifaga kiruvchi firma tomonidan ximoyalanuvchi
ma’lumotlar tarkibi ro‘yxati firma rahbariyati, xavfsizlik xizmati va konfidensial
xujjatlar ish materiali hisoblanadi.
Konfidensial axborotlar ro‘yxati har bir firma uchun alohida tashkil etilgan
komissiya taklifiga binoan shakllantiriladi va tashkilot rahbari tomonidan
tasdiqlanadi. Konfidensial axborot turkumiga kiruvchi ma’lumotlar ro‘yxati va unga
ruxsati bo‘lgan xodimlar ro‘yxati firma bo‘yicha buyruq asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: