100
fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish jarayonlari izchilligini oshiradi;
fuqarolarning texnologik savodxonlik darajasini oshiradi;
davlat boshqaruvi va rahbarligi jarayonlarida saylovchilar izchilligini oshiradi;
fuqarolarning geografik joylashuvining ta’sirini kamaytiradi.
Elektron hukumat quyidagilarni ta’minlaydi:
ma’muriy boshqaruv sarf xarajatini kamaytiradi va samaradorligini oshiradi;
jamoa va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi;
demokratiyani takomillashtirish va xalq oldida davlat ma’suliyatini oshirish.
Elektron hukumat tizimi foydalanuvchilarining eng katta yutug‘i – ofis va uydan
chiqmagan holda turli xujjatlarni rasmiylashtirish,
kompyuterdan uzoqlashmagan
holda to‘lovlarni amalga oshirish, qog‘oz xarajatini va byurokratik to‘siqlarni
bartaraf etishdan iborat. Elektron hukumat elementlarini amalda joriy etilishi davlat
boshqaruvi samaradorligini oshirish, hukumat faoliyatining shaffofligi,
davlat
xizmatchilari tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ta’magirlik darajasining
keskin kamayishiga olib keladi.
Fuqarolar bevosita virtual tizim orqali hukumat bilan muloqot qilish imkoniga
ega bo‘ladilar.
Elektron hukumat yaratishning asosiy vazifasi – servis va servis xizmatini
ko‘rsatish uchun infrastruktura yaratishdan iborat.
Elektron hukumat - davlat boshqaruv tizimi bo‘lib, ma’lumotlarni qayta ishlash,
uzatish va tarqatishdan iborat. Elektron hukumat – ob’ektiv reallik hisoblanib,
axborot jamiyatida yuzaga keladigan elektron hukumat
institutlarini yaratish va
rivojlanishini anglatadi. Elektron hukumat institutlarining rivojlanishi bevosita
jamiyat a’zolarining faravonligi va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan.
Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish uchun AKTdan izchil foydalanish
g‘oyasi hukumat menejmenti yangi g‘oyalari asosida ma’muriy reformalar o‘tkazish
jarayonida yuzaga keldi. Bu erda Government ommaviy davlat boshqaruv organi
tizimini ifodalaydi. YAngi davlat menejmenti asosida elektron hukumatni dasturini
amalga oshirish jarayonida bu ma’muriy o‘zgarishlar o‘tkazish g‘oyasi
tor va
ommaviy boshqaruv hususiyatlarini to‘liq inobatga olmagan holda yaratila
boshlangan. SHuningdek, globallashuv, tarmoq tuzilishi, kommunikatsiya, jamiyat
bilimi kabi jamiyat taraqqiyotidagi rivojlanish tendensiyasi tor ma’noda iqtisodiy
yondoshuvga to‘sqinlik qila boshladi.
Innovatsion texnologiyalar va elektron texnik vositalarning rivojlanishi davlat
boshqaruv jarayonlari tuzilmasiga jiddiy va salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Avvaliga bu
ta’sir ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, qaror qabul qilish jarayonida namoyon
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik davlat boshqaruv tizimini tashkil etish va institutlar
tranformatsiyasida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bu o‘z navbatida hususiy shaxs
va ommaviy axborot sektori orasidagi munosabat izchilligini oshirish, sarf harajatsiz
va samarali xizmat ko‘rsatish, ma’lumot va bilim berishni ta’minlaydi.
Axborot kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni davlat boshqaruvida joriy
etilishi natijasida elektron hukumatni tashkil etilishi bir necha bosqichdan iborat
bo‘lishi mumkin
.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: