9
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari.
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi;
«bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish;
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish;
elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimining
rivojlanish bosqichlari
Respublikamizda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni
shakllantirish va joriy etishga katta e’tibor qaratilgan. Rivojlanib borayotgan mazkur
tizim davlat hokimiyati organlari,
biznes sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat
xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan axborot xizmatini taqdim
etishi hech kimga sir
emas.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy
qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamda ushbu
qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi", 2013 yil 27
iyunda
qabul
qilingan
“O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
mazkur yo‘nalishdagi ishlarning
samaradorligini oshirib, fuqarolar tomonidan
axborotni izlash, olish va tarqatish hamda axborot
xizmatlaridan foydalanish
tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutmoqda. 2013 yil 27 iyunda qabul
qilingan qaror bilan mamlakatimizda "elektron hukumat"
tizimini joriy etish va
rivojlantirish bo‘yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi,
ularni
amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qabul qilingan
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya
tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi tegishli me’yoriy-huquqiy
bazani
mustahkamlash, aholining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatini
elektron shaklda amalga oshirishini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida “yagona
oyna” prinsipini joriy etish kabi dolzarb vazifalarni o‘z ichiga olgan. SHuningdek,
davlatimiz rahbarining yuqorida keltirilgan
qarori doirasida
O‘zbekiston
Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat
qo‘mitasi
(hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi) huzurida ikki yangi tuzilma —
Do'stlaringiz bilan baham: