239
12.6.-rasm. “ToshIssiqQuvvati” davlat unitar
korxonasi rasmiy veb-sayti
12.7.-rasm. Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi rasmiy veb-sayti
Olti yil mobaynida portal yangi jihatlar bilan boyitilib, zamonaviy xizmatlar,
ma’lumot olish qamrovi kengaydi, foydalanishga qulay ko‘rinishga keltirildi.
SHu
bilan birga, foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabinetida hisob raqamini
ko‘rsatgan holda, o‘zining biror xizmatdagi balansini tekshirib ko‘rishi, qarzdorlik
bor-yo‘qligini bilishi, xizmatlar uchun mobil to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin
bo‘ldi. YAna bir ahamiyatli johati -- to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi
kvitansiyalar foydalanuvchining shaxsiy kabinetida saqlab qo‘yiladi. Foydalanuvchi
ularni chop etishi yoki elektron qurilmasiga saqlab qo‘yishi mumkin.
Biror xizmat uchun to‘lov miqdorini bilmagan taqdirda, foydalanuvchi narxni
joriy holatga ko‘ra baholaydigan onlayn hisoblagichdan foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchiga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish maqsadida, portalda kommunal
xizmatlarga oid barcha axborot va aloqa ma’lumotlari jam qilingan.
Foydalanuvchi Kommunal xo‘jalik va uy joy fondi portalining resurslaridan
foydalanish uchun ID.UZ yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tishi yoki
240
o‘tgan bo‘lsa ID.UZ orqali kirishni amalga oshirishi kerak bo‘ladi 12.8.-12.10-
rasmlar.
12.8.-rasm. Ro‘yxatdan o‘tish sahifasi
12.9.-rasm. ID.UZ orqali kirishni amalga oshirish jarayoni
12.10.-rasm. Autentifikatsiyani amalga oshirish va identifikatsiyani tasdiqlash
Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, uning shaxsiy kabineti ochiladi (12.11.-
rasm) va u xizmatlar etkazib beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, Kommunal
xizmatlar balansining ayni vaqtdagi holatini tekshirishi (12.12.-rasm),
portal
ma’muriyatiga savol bilan murojaat qilishi mumkin.
241
12.11.-rasm. Foydalanuvchi shaxsiy kabineti va
balansni tekshirish
va to‘lash sahifasi
Foydalanuvchining Kommunal xizmatlar (masalan: elektr ta’minoti) balansining
ayni vaqtdagi holatini tekshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim.
1.
Balansni tekshirish va to‘lash sahifasidan “Elektr ta’minoti” bandi tanlanadi.
2.
Elektr ta’minoti bandi ochiladi. Undagi maydonlarni to‘ldirish talab etiladi.
3.
“Hisob raqami” maydoniga foydalanuvchi o‘z elektr hisob raqamini kiritishi
lozim.
4.
“Hudud” maydonida foydalanuvchining yashash viloyati tanlanadi, xuddi shu
kabi “Tuman” maydonida foydalanuvchining yashash tumani yoki shahri tanlanadi.
5.
Balansni tekshirish tugmasi bosiladi va foydalanuvchining elektr ta’minoti
bo‘yicha balansi chiqarib beriladi.
12.12.-rasm. Elektr ta’minoti bo‘yicha balansni tekshirish
Foydalanuvchi balansni tekshirganda elektr ta’minotidan qarzdorlik bo‘lsa
to‘lash tugmasini bosish orqali, elektron to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Bundan tashqari foydalanuvchi portaldan O‘y-joy kommunal xo‘jalik
tariflari (Viloyatni tanlash orqali) to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Nafaqat elektr ta’minoti balki, gaz ta’minoti, sovuq suv va oqava suvi, issiq suv
va
isitish tizimini, chiqindilarni chiqarish bo‘yicha interaktiv xizmatlaridan
foydalanish imkoniyati mavjud. Elektron to‘lov tizimlaridan u-pay va mbank to‘lov
tizimlari orqali onlayn to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Portalda Interaktiv xizmatlar bo‘limi mavjud bo‘lib, unda bir qancha xizmatlar
keltirilgan:
1.
kommunal xizmatlar kalkulyatori
2.
kommunal xizmatlari uchun onlayn to‘lov va balansni tekshirish
3.
qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori
242
4.
savol berish
5.
so‘rovnomalar
6.
murojaat
7.
to‘lov varaqasi
E-kommunal portalida «Kommunal xizmatlar kalkulyatori» interfaol xizmati
foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq
suv, isitish, chiqindi uchun qancha to‘lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda
hisoblagichning
mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning
sonidan kelib chiqib turli tariflar qo‘yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun
mo‘ljallangan.
Murojaat bo‘limida murojaat formasini to‘ldiriladi,
zarur hollarda esa unga
qo‘shimcha fayllarni qo‘shish imkoniyati mavjud. So‘ngra foydalanuvchi
tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat
organiga jo‘natadi.
To‘lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo‘yicha to‘lov varaqa xosil
bo‘ladi, to‘lov varaqa to‘ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: