108
malakalarini oshirib keldilar. Hamkorlik korxonalarida chet-elga xom ashyo emas,
balki tayyor sifatli mahsulot chiqarish yo‘lga qo‘yildi va bu tizim bugungi kunda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Jahon bo‘ylab mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i
orqali
tashviqot qilinishi mahsulot uchun xaridorlar tarkibining kengayishiga olib keldi.
Xaridorlar tarkibining oshib borishi sifatga bo‘lgan talabni keskin oshirdi, raqobat
yuzaga keldi. Mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridor manziliga etkazib berila boshlandi.
Savdo shaxobchalari o‘rnini elektron magazinlar egalladi. Mahsulot saqlovchi
omborxonalar barham topdi. Buyurtmachi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish
keng qamrov topdi. Nafaqat mamlakatimiz aholisidan balki chet-el fuqaro va
tashkilotlaridan ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlariga uzluksiz buyurtmalar
kelib turibdi. Bu borada axborot kommunikatsiya tizimining ahamiyati beqiyos
katta. Bank tizimining global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni
naqd pulsiz
elektron usulda amalga oshirilishi qo‘l keldi. Bu o‘z navbatida pul almashinuvi
harakatini jadallashtirdi, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning
asosida elektron tijorat yotadi.
Ishlab chiqarishdagi raqobat monopollashuvga olib kela boshladi, mahsulot
sifati oshdi, yangi ekologik toza va samarali texnika va texnologiyadan foydalanish
talab etildi, qo‘shimcha ish joylari yaratildi, etuk mutaxassislarga bo‘lgan
talab
kuchaydi.
Jahon bo‘ylab hukm surayotgan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz vaqtida tayyor
mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish, uning hususiyatlarini Internet orqali
tashviqot qilish, xaridorni jalb etish va mamlakatimizga valyuta oqimini ta’minlash
har bir ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining asosiy tamoyiliga aylangan.
Ma’naviyati yuksak mamlakatimiz aholisining ekologik toza va sifatli
mahsulotga bo‘lgan talabini qonun doirasida ta’minlash ishlab chiqarish
korxonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. SHuning uchun ham har qanday ishlab
chiqarish korxonasi ichki va tashqi bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish maqsadida
sifatli raqabotbardosh mahsulot ishlab chiqishga harakat qiladi. Etuk mutaxassislar
bilimi, tajribasi, zamonaviy texnika va texnologiyalarga tayanadi.
Bugungi kunga
kelib tub aholi asosan mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga
o‘tgan, chunki xorijiy mamlakatlar mahsulotlari sifatining qay darajada past
ekanligiga ishonch hosil qilib bo‘lganlar. Albatta, aholining o‘z mamlakatida ishlab
chiqarilgan sifatli mahsulotlarni xarid qilishi korxona ishlab chiqarish hajmini
kengaytirishga, mahsulot tan narxini pasayishiga, yangi ish joylarini tashkil etishga
olib keladi. Bunday istiqbolli rivojlanishning asosida axborot texnologiyalari va
kommunikatsiya tizimining samarali faoliyati yotadi. Internet orqali sayyohlarga
xizmat ko‘rsatish, diqqatga sazovor joylarni tashviqot qilish,
xizmatlar uchun
elektron to‘lov tizimining doimo ishlab turishi e’tiborga loyiq holatdir. Sayyohlar
oqimining yil sayin mamlakatimizga kelishini oshib borishi bu borada ham
raqobatni yuzaga keltirdi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga turtki bo‘ldi.
Raqobat va sifat ko‘rsatkichlari bozorlarda xorijiy mahsulotlar o‘rnini bosadigan
mahsulotlar ishlab chiqarishni taqozo etadi, shuningdek jahon bozorida o‘z o‘rnini
egallashiga zamin yaratadi, mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: