Moliya va kredit



Download 0,84 Mb.
bet4/15
Sana21.03.2017
Hajmi0,84 Mb.
#5012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

2007 yil 10 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-618-sonli Qarori bilan “2007 - 2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish Dasturi” hamda “Sug’urta bozorining professional qatnashchilari to’g’risidagi Nizom” tasdiqlandi.

Shuningdek mazkur qarorga muvofiq qayta sug’urta qilish xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 27 dekabrdagi 111-sonli buyrug’i bilan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 29 yanvarda 2190-son bilan ro’yxatga olingan) “Qayta sug’urta qilish xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlari to’g’risidagi NIZOM” tasdiqlandi.



2012 yil 17 dekabrda xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi O’RQ-339-Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashdan, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kengaytirishdan hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 noyabrdagi “Sug’urta faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 298-sonli Qarori bilan:


  1. Sug’urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to’g’risidagi Nizom;

  2. Sug’urtalovchilarning sug’urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog’ozlariga joylashtirishni kelishihs tartibi to’g’risidagi Nizom;

  3. Sug’urtalovchining moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to’g’risidagi Nizom;

  4. Sug’urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalshtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro’yxatini kelishish tartibi to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlandi.


4. Sug‘urta faoliyatini yuritishda sug‘urtalovchilarning xizmati kattadir. Chunki sug‘urta ishi ularning asosiy faoliyatidir. Shuning uchun sug‘urtalovchi atamasiga quyidagicha tarif beramiz:

Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi unsurlardan biri uning ustav kapitalidir.

Sug’urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug’urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag’batlantirish, shuningdek, sug’urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-872-sonli Qarori bilan 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari belgilandi:umumiy sug’urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada; hayotni sug’urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada; majburiy sug’urta bo’yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada; faqat qayta sug’urta qilish bo’yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida" 2010 yil 26 noyabrdagi pq-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sug’urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug’urtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sug’urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi "Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1544-sonli Qarori e’lon qilindi va mazkur Qarorda sug’urta faoliyati turlariga qarab, sug’urtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012-2014 yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borishi belgilab qo’yildi.
Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz

MIQDORLARI (ekvivalenti ming yevro)

Sug’urta faoliyati turlari

2012 yil 1 iyuldan

2014 yil 1 iyuldan

Umumiy sug’urta sohasida

1 125,0

1 500,0

Hayotni sug’urtalash sohasida

1 500,0

2 000,0

Majburiy sug’urtalash bo’yicha

2 250,0

3 000,0

Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha

5 000,0

6 000,0

Хizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalam bor qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini oshirish maqsadida 2012 yil 10 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida»gi PQ-1754-sonli Qarori qabul qilindi. 2012 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PQ-1756-sonli Qarori, 2012 yil 16 iyulda «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4453-sonli, 2012 yil 18 iyulda «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4455-sonli, 2014 yil 7 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-sonli, 2015 yil 15 mayda “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4725-sonli, 2015 yil 24 aprelda “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chara-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmonlari hamda 2015 yil 28 aprelda “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2340-sonli, 2014 yil 15 aprelda “Tadbirkorlik faoliyatini amalgam oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2164-sonli Qarorlari e’lon qilindi.

Shuningdek, 2015 yil 20 avgustda O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-391-sonli Qonuni qabul qilindi.



Mazkur Qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi «Хususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga asosan xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlikni (o’z navbatida sug’urta bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug‘urtalovchi va sug‘urta brokerlik kompaniyalarini ham) rivojlantirish yo’lidagi ortiqcha byurokratik to’siq va g’ovlarni bartaraf etish borasida belgilab berilgan yangi me’yorlarning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

1. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun nazorat, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari mansabdor shaxslariniig javobgarligini kuchaytirish maqsadida:

1.1. O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiTadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, g’ayriqonuniy ravishda aralashganlik hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” nomli yangi XVI1- bob bilan to’ldirilib, quyidagi moddalar kiritildi:

2411-modda. Хususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo’li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo’lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo’yish yoxud uni o’z mol-mulkiga bo’lgan huquqidan voz kechishga majburlash, oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, –eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.



2412-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o’tkazish, –mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2413-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish, –mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2414-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’lari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, –eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


2415-modda. Litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, –mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2416-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish

Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, –mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2418-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish

Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olish, – mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

2419-modda. “Davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini buzish”

Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzish, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi va muddatlarini buzish, xuddi shuningdek davlat xizmati ko’rsatishni g’ayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni ko’rsatishdan bo’yin tovlash, – mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, –mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

24110-modda. “Tadbirkorlik sub’ektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda hujjatlar talab qilib olish”

Tadbirkorlik sub’ektlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek o’zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag’ini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, – mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, –

mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

1.2 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-madda (Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash)si quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to’ldirildi:

“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o’rnini to’liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi”



Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog’liq jinoyatlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvchi boshqa jinoyatlar” nomli yangi XIII1-bob bilan to’ldirilib, quyidagi moddalar kiritildi:

1921-modda. Хususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo’li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo’lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo’yish yoxud uni o’z mol-mulkiga bo’lgan huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1922-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o’tkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1923-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

1924-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.

1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish

Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish