Moliya va huquq tizimi


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi



Download 240,5 Kb.
bet3/6
Sana26.06.2022
Hajmi240,5 Kb.
#705325
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOLIYA VA HUQUQ TIZIMI

2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil
sohasidir. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona
va tashkilotlari moliyasi deb ham atash mumkin. Moliya tizimining ana
shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, ohiroqibatida davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida moliyaviy mablag‘larning katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shuyerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlkatning umumiy moliyaviy holati ana shu korxonalar moliyasidagi ahvol bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini
tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning
xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari
ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning asosiy manbai foyda
hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foy dalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan – bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, deposit sertifikatlari va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlaridan foydalangan horlda investitsiyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning har xil aralashuvidan ozod qilingan, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiq va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda
iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy
farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat
sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta miqyoslarga ega bo‘lgan va
nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi.
Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez
o‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy
jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining
ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun muhim
belgidir) bilan bog‘liq.
XYUSlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin yemas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabat-lari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (XYUSlar) ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma):

1-chizma. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalar modeli
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYUSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruv-chan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniqlab) berganligi uchun XYUS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ular-ning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi)ni har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYUSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsa-fasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYUS-larni bozor sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan chora-lar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYUSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subektiga aylanti-rish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil yetadi.
Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 15 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYUSlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo‘q. Ayrim yekspertlarning bahosiga ko‘ra, sa-noat XYUSlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘la-qonli subektlari safiga kiritish mumkin.
Yangi sharoit munosabati bilan XYUSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va yeng yangi tex-nologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbar-doshligini ta’minlash;

  • XYUS kapitalini shakllantirish va boshqarish samarador-ligini oshirish;

  • XYUS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;

  • ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydala-nish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamayti-rish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYUS-larning investitsion jozibadorligini oshirish;

  • aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunktu-rasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYUS faoliyatini diversifikatsiyalash.

Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishda ilmiy yutuq-larning moddiylashganligini aks yettiruvchi ilg‘or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan ka-pital shaklning intellektuallashtirishga asoslanishi kerak.
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifat talablarini ilgari surayotgan samarali bozor o‘zaro aloqalarining tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun XYUSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish-ning asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bunda butun xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi si-fatida yuqori yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichlarga yerishishga alohida o‘rin ajratilmog‘i lozim. Bir vaqtning o‘zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlaridan foydalanish, shuningdek, innovatsion taraqqiyotning zamonaviy tendensiyalari-ni amalga oshirish asosida XYUS faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • XYUSning tashkiliy va mulkiy holatini o‘zgartirish (yuqo-ri samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joy-lashtirish, yuqori talabga yega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish-ni rivojlantirish va h.k.);

  • ishlab chiqarishning investitsion-texnologik bazani o‘zgar-tirish (asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzi-lishi, texnologik yangiliklarni joriy yetish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.);

  • ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga – XYUSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga yerishish, kompaniyaning qiymatini o‘stirish va xarajatlarni qis-qartirishning tashkiliy negizi bo‘lgan asoslangan biznes-rejani ishlab chiqish;

  • XYUSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ish-lab chiqish;

  • XYUSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-marketing siyosati bilan o‘zaro ta’sirchanligi (bog‘liqligi)ni asoslash.

Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegish-li tarzda qayta qurishni, XYUSni boshqarishda moliyaviy oqimlar-ning rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa tortish norma (meyor)lari, sof foyda, umumiy va o‘zlik kapitali-ning hajmi va manbalaridan iborat bo‘lgan moliyaviy indikator-larning o‘zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqa-ruvning yaxlit samarali tizimi shakllantirilishini talab qiladi. Bu ishlar, o‘z navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshiri-lishi mumkin:

  • XYUS xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatiga oid moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, informatsion va boshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks yettirish;

  • boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYUS moliyaviy re-surslari o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda uning moliyaviy-analitik xizmatlari rolini oshirish;

  • XYUS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liq-roq ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf yetayotgan moliyaviy me-nejment malakasi darajasini oshirish;



Download 240,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish