Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va yig‘ma hisobi
Ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish boshqaruv hisobining samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga ma’lumotlar asosida korxona ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish kelgusidagi faoliyatni rejalashtirish imkoniyatini oshadi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraqlari bo‘yicha analitik hisob xar bir mahsulot bandlari va bajarilgan joyi bo‘yicha alohida yuritiladi. Buning analitik hisob kartochkasi yuritiladi. 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i buyncha analitik hisob 12-kaydnomada yuritiladi. 12-kaydnoma shaxmat shaklida bo‘lib, tegishli grafalarga \isob-varaklar bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining summasi yoziladi. Sexlar bo‘yicha xarajatlar aks ettirilib va №12-kaydnomada jami ma’lumotlar chiqarilgandan sung, sex kaydnomalari xarajatlari jamlanadi. Yakuniy ma’lumotlarni korrespondentlashadigan hisobvaraqlar jami» jadvaliga, kaydnomaning orqa tomoniga yoziladi. Yuqoridagi ma’lumotlar №10-jurnal-orderda xarajatlar bo‘yicha sintetik hisobvaraqlarda yozuv uchun asos bulib xizmat qiladi. Bundan sung butun korxonada xarajatlar va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha natijalarni aniqlash lozim. Buning uchun №12 I 15-kaydnomalarda hisobga olingan ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar xarajatlar yunalishi bo‘yicha umumlashtirib tahlil etish va sintetik hisobvaraqlar bo‘yicha kredit oborotini aniqlash kerak Bu ma’lumotlar Bosh kitobni yuritishga asos |uladi. Korxona bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini №10-jurnal orderda jamlanadi. rshbu jurnal-order shaxmat kaydnomasi printsipiga asosan tuziladi. Kredit Hisobvaraqlar Vstunlar bo‘yicha, debet Hisobvaraqlar katorlar bo‘yicha joylashtirilgan. Ya’ni ishlab rikarish xarajatlari sintetik Hisobvaraqlar sistemasi katorlar bo‘yicha joylashtirilgan. o‘stunlar va katorlar bo‘yicha ma’lumotlar yigilganda natijalar bir-biriga mos kelishi Tseraq №10-jurnal-order ma’lumotlari ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar bo‘yicha aniqlash uchun xamda tannarx hisoblashish uchun asos bulib xizmat qiladi. №10 jurnal-order yakuniy ma’lumotlarini №10-1-jurnal-orderning katori bo‘yicha ko‘chiriladi. №10-1 -jurnal-order 10-jurnal-orderning davomi bo‘lib hisoblanadi. Unda №10-jurnal-orderdagi kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oboroti aks ettiriladi va noishlab rikarish hisobvaraqlar debeti bilan korrespondentsiyalashadi.
Yakuniy ma’lumotlar jamlanib, kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oborot summalari aniqlanadi va Bosh kitobga ko‘chiriladi. Bosh kitob yillik hisobotlarni asosini tashkil qiluvguvchi yakuniy ma’lumotnoma bulib hisoblanadi. Ushbu kitobda ma’lum davr mobaynida xar bir hisobvaraq bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari oboroti aks ettiriladi.