Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan boshqa xarajatlar hisobi
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq keyingi xarajat elementi bo‘lmish «Ishlab chiq,arish xarakteridagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi»ga quyidagilar kiradi:
Belgilangan me’yorga ko‘ra asosiy ishlab chiqarish fondlari balans qiymati asosida
hisoblangan to‘la tiklash bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi summasi. Bunga amaldagi qonunga muvofiq hisoblangan tezlashtirilgan amortizatsiya ham qo‘shiladi.
Ueoq muddatga asosiy vositalarni ijaraga olgan korxona, o‘ziga qarashli asosiy fondlar va ijaraga olingan asosiy fondlar bo‘yicha to‘la tiklash yuzasidan amortizatsiya ajratmasini «Asosiy fondlar amortizatsiyasi» elementida aks ettiradi. Bunday xollarda, ijara bergan korxona ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblamaydi.
3.Ishlab chiqarish xarakteridagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish xar oyda ularning dastlabki muddati bo‘yicha hisoblangan eskirish miqdorida tannarxga qo‘shiladi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlarga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlar.
Ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli xizmat safari xarajatlari.
3. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar va ishlab chiqarish aktivlarining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlar.
4. Brak hisobiga nobudgarchiliklar.
5. Kafolatlangan ta’mirlash va (mahsulotga kafolatlangan xizmat muddati belgilangan holda) kafolatlangan xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar.
6. Ichki ishlab chiqarish sabablariga ko‘ra bo‘sh kolingan vaqt bo‘yicha nobudgarchilik
Ishlab chiqarishdagi xolatlar yuzasidan mehnat krbiliyatini yo‘qotganligi uchun to‘lanadigan nafaqa.
Ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadigan xodimlar sog‘ligini muhofaza qilish va dam olishini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar.
Tannarxga qo‘shiladigan va belgilangan tartibda hisoblanadigan byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, byudjetdan tashkdri maxsus fondlarga ajratmalar.
Shunday kilib, ishlab chiqarish bilan bog‘liq hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi, bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi bajarilishini ta’minlaydi.
Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. grdamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi:
turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish;
transport xizmatini ko‘rsatish;
asosiy vositalarni ta’mirlash;
instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish;
yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash;
- kishlok xo‘jalik mahsulotlarini to‘zlash va konservalash.
yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Bu hisobvaraq aktiv bulib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. 2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi: 0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;
1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material 1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida;
2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yukotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida; 6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida;
6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy sug‘urtaga va davlat maksadli fondlariga ajratma hisoblanganida;
4730-hisobvaraq moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida.
Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi:
yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan holda;
ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan va topshirilgan ishlar hajmiga;
marshrut varakalar - yuk avtomobillari tomonidan tashilgan yuk hajmiga.
2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi:
1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan extiyot qismlar va ishlab chiqarishdan
chiqqan chiqitlar kirimga olinganida;
2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi;
2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi;
5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi.
9110, 9130 hisobvaraqlar - chetga' junatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmatlar qiymatiga;
9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish
bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga;
9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan
chiqarishga. Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari xar bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12-kaydnomada yuritiladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari
asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir.
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, mazkur hisobvaraqda quyidagi xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
mashina va uskunalarni saqlash hamda ulardan foydalanish chiqimlari;
ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari;
ishlab chiqarish mol-mulkini sug‘urta xarajatlari;
ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydala-niluvchi boshqa ijaraga olinadigan vositalar uchun ijara haqi;
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi to‘lash; shunga uxshash maksadlardagi boshqa xarajatlar.
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisobi yuritiladigan hisobvaraklarning kredit kismidan olib «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «Yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan muomalalar hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi hisoblanganda:
D-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 370000 sum.
K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» - 370000 sum.
umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulotlar tannarxiga o‘tkazilganda:
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarishlar» - 200000 sum.
K-t2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 200000 sum.
D-t 2310-«grdamchi ishlab chiqarishlar» - 170000 sum.
K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 170000 sum.
Umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi alohida yuritiladigan obyektlar o‘rtasida taqsimlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘ining tahliliy hisobi korxonaning alohida bo‘linmalari va xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Korxonalarda umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri taqsimlash katta ahamiyatga ega. Agarda, umumishlab chiqarish xarajatlari turlp mahsulotlarga taqsimlansa, shunday optimal usullardan foydalanish kerakki, mahsulotlar tannarxini oshirib yubormasin.
Xorijiy amaliyotda quyidagi taqsimlash usullaridan foydalaniladi:
bevosita taqsimlash usuli;
kayta taqsimlash usuli;
tenglamalar sistemasi usuli;
ketma-ket taqsimlash usuli.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining taxlili shuni ko‘rsatadiki, korxonalar uchun eng maqbul usullar bu - tenglamalar sistemasi va kayta taksimlash usullaridir. Agarda, bu usullar bilan umumishlab chiqarish xarajatlari taqsimlansa, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hech kaysisining tannarxi oshib yoki kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeini saqlab qolishga yordam beradi.
Taqsimot bazasini aniqlash umumishlab chiqarish xarajatlarni taksim lashdagi yan a bir muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taksimsl bazalariga nisbatan taksimlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi: -ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan maydoniga muvofiq ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqikatda ishlagan ish soatlariga muvofiq
-ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saklash xarajatlari ularning joylashgap maydoniga muvofiq;
-ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi xarajatlari Hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda;
-asosiy ishlab chiqarish vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari ularning boshlangich qiymatlariga muvofiq
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha quyidagi misolni kurib chiqamiz. Faraz qilaylik shakar ishlab chiqarish korxonasida ikkita ishlab chiqarish va bitta ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi bulinma mavjud. Ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi bulinmada turtta ishchiga 55000 sum ish haqi Hisoblangan. Birinchi ishlab chiqarish bulinmasidagi ishchilarga 300000 sum ish haqi Hisoblangan, ikkinchisidagi ishchilarga esa 250000 sum Hisoblangan. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taksimlaymiz: Ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi bulinmadagi ishchilarga ish haqi xarajatlar mahsulotlar tannarxiga taksimlanishi kerak Bunda, taksimot bazasi ish haqi Hisoblanadi. Taqsimlash bazasi foiz ko‘rsatkichlarda quyidagicha bo‘ladi. 300000: (250000+300000) xYu0%-55% 250000:(250000+300000)xYuO%=45%
Demak taksimlanishi lozim bo‘lgan 55000 sum yukoridagi foiz nisbatlarida taksimlanadi. 55000:100x55%=30250 sum 55000:100 x45%=24750 sum
Birinchi ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 302500 sum o‘tkaziladi, ikkinchi ishlab chiqarish bulinmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 247500 sum o‘tkaziladi. Umumiy xarajatlar mivdori 550000 (302500+247500) sum. Yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i - 302500 sum. K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i - 30250 sum D-t 2020-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i - 247500 sum K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i - 247500 sum.Har kanday umumishlab chiqarish xarajatlari o‘zlarining taksimot bazasiga nisbatan yukoridagi tartibda taqsimlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |