Qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlarni hisobga olish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan banqtsan va respublika xududidagi hamda xorijdagi qarz beruvchilardan olingan, so’mlar va xorijiy valyutadagi turli qisqa muddatli (12 oygacha muddatga) hamda uzoq muddatli (12 oydan ortiq muddatga) kredit va qarzlar to’g’risida axborot quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
-Qisqa muddatlilari:
6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari";
6820 "Qisqa muddatli qarzlar";
6830 "To’lanadigan obligatsiyalar";
6840 "To’lanadigan veksellar".
-Uzoq muddatlilari:
7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari";
7820 "Uzoq muddatli qarzlar";
7830 "To’lanadigan obligatsiyalar";
7840 «Tulanadigan veksellar».
6810-schyotda sub’ektlar banqtsan olgan qisqa muddatli, 7810-schyotda - uzoq muddatli kreditlar hisobga olinadi, ularning summalari mazkur schyotlar krediti bo’yicha va pul mablag’lari hisobga olinadigan tegishli schyotlar debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Misol.
Qisqa muddatli kredit olindi:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" (yoki pul mablag’lari hisobga olinadigan boshqa schyotlar)
Kt 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari".
Kreditlarni so’ndirishda 6810 va 7810-schyotlar pul mablag’lari hisobga olinadigan schyotlar bilan korres-pondentsiyada debetlanadi:
Dt 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari"
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti" (yoki pul mablag’lari hisobga olinadigan boshqa schyotlar).
6820 va 7820-schyotlarda qarz beruvchilardan (banklardan tashqari) olingan, kreditlarga aynan o’xshash qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar hisobga olinadi.
6830 va 7830-"To’lanadigan obligatsiyalar" schyotlarida sub’ektlar tomonidan obligatsiyalar berish hisobidan jalb etilgan mablag’lar hisobga olinadi: qisqa muddatli (so’ndirish muddati 12 oydan
oshmaydigan) va uzoq muddatli (so’ndirish muddati 12 oydan oshadigan).
Obligatsiyalar - emitentning investorga tsarzi shaklini ifodalaydigan tsimmatli tsogozdir (odatda - uzots muddatli); tsarz sarmoyani jalb etish uchun chitsariladi.
Obligatsiyada qator ma’lumotlar ko’rsatiladi:
- nominal qiymat - obligatsiyani so’ndirish uchun mazkur muddat
kelganda qarzdor to’laydigan summaga teng;
- so’ndirish muddati - obligatsiyaning amal qilish muddati
tugashi bilan keladi; bu muddatda qarzdor kreditorga obligatsiyaning
nominal qiymatini to’lashi lozim;
e’lon qilingan foiz stavkasi- obligatsiya nominal qiymatining
foizlarda ifodalangan ulushi ko’rinishida belgilanadi hamda
qarzdor tomonidan kreditorga obligatsiyaning amal qilish muddati
davomida muayyan belgilangan vaqt oralig’ida to’lanishi kerak:
foizlarni to’lash sanasi;
obligatsiya chiqarilgan rasmiy sana.
Obligatsiyalarni sotishda qarzdor kompaniya (emitent) obligatsiyani so’ndirish sanasida investorga to’lanishi lozim bo’lgan summani "To’lanadigan obligatsiyalar" schyoti kreditida aks ettiradi. Qimmatli qog’ozning butun muomala davrida qarzdor kompaniya balansida mazkur summa majburiyat sifatida hisobga olinadi.
Misol.
900 ming so’m nominal qiymatga ega ikki yillik obligatsiya sotildi:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 900
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 900
Investor obligatsiyani sotib olayotib, foizlar ko’rinishida daromad olish huquqiga ega bo’ladi (foiz stavkasi obligatsiya chiqarilayotgan paytda belgilangan bo’lib, uning butun muomala davrida o’zgarmaydi). Ta’kidlash joizki, yangi schyotlar rejasida majburiyatlar bo’yicha foizlarni hisoblab yozish alohida 6920-"Hisoblangan foizlar" schyotida ko’rsatiladi.
Qarz majburiyatining bozor qiymatini to’g’ri baholash uchun obligatsiyada ko’rsatilmaydigan va fond bozorida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan ayrim muhim ma’lumotlarni ham bilish shart. Qator holatlar tufayli obligatsiyalar rasmiy sanasidan ancha keyinroq ham chiqarilishi mumkin. Bu esa chiqariladigan zayomni rasmiy ro’yxatdan o’tkazish taomili kechikishi, kompaniyada yoki butun iqtisodiyotdagi ahvolning o’zgarishi, texnikaviy ishlar bilan bog’liq. Kompaniya bozorda amal qilayotgan foiz stavkalarini kamaytirish sharti bilan o’z obligatsiyalari realizatsiyasini atayin orqaga tashlashi mumkin.
Oxirgi sabab kompaniya obligatsiyasining bozor qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydigan, unga bog’liq bo’lmagan omillardan eng muhimi hisoblanadi. E’lon qilingan va bozor foiz stavkalarini tenglashtirishda fond bozorida obligatsiyalar nominal qiymat bo’yicha sotiladi. Biroq umumiy iqtisodiy vaziyatning tasiri ostida bozordagi foiz stavkalarining harakati, kompaniyalar oxirgi sababni aniqlashda uni zayom joylashtirilgan paytda amal qilgan bozor foiz stavkasiga yuqori darajada yaqinlashtirishga harakat qilishiga qaramay, ko’pincha e’lon qilingan stavkadan farq qiladi. Bozor foiz stavkasi va zayomning bozor qiymati o’zgarishi qaytar bog’likdiqtsa bo’ladi. Agar bozor stavkasi e’lon qilinganidan yuqori bo’lsa, obligatsiyalarning bozor bahosi obligatsiya xarid qilayotgan investor bozor stavkasi bo’yicha olinadigan daromadga teng baravar daromad olishi uchun nominal qiymatidan kamayib ketadi.
Shunday qilib, agar bozor foiz stavkasi e’lon qilin-ganidan yuqori bo’lsa, joylashtirilayotgan obligatsiyalar chegirma bilan sotiladi, qaytar holatda esa ularning qiymatiga mukofotlar qo’shiladi. Obligatsiyalarni chegirma yoki mukofotlar bilan sotish deganda, joylashtiriladigan zayomning sifati haqida gapirilmaydi, balki obligatsiya egasiga keladigan daromad shunga o’xshash obligatsiyalarning bozor darajasidagi daromadiga mos kelishi uchun yo’naltirilgan, ularning narxlariga bozorga doir tuzatishlar kiritish jarayoni aks ettiriladi. Zayom joylashtirilgandan keyingi bozor foiz stavkasiga tuzatishlar hisobga olinmaydi.
Uzoq muddatli qarzlar va ular bo’yicha foizlar qarzdor va kreditorga tegishli schyotlarda teng baravar summalarda aks ettiriladi. Umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq mazkur summa quyidagi omillardan kelib chiqib anikdanadi:
- uzoq muddatli qarz summasi, bu qarz evaziga olingan sarmoya (pul mablag’lari), tovarlar va xizmatlar sof (bozor) qiymatiga teng;
- uzoq muddatli qarz bo’yicha davriy foiz to’lovlari qarz va hisobot davri boshidagi qarz qoldig’i joylashtirilgan sanadagi bozor foiz stavkasi asosida aniqlanadi;
- uzoq muddatli qarzning balans summasi qarz joylashtirilgan sanada amal qilgan bozor foiz stavkasi bo’yicha mazkur to’lovlar summasini diskontlash yo’li bilan olingan qolgan barcha pul mablag’lari to’lovlarining joriy qiymatiga teng. Uzoq muddatli qarzning balans qiymatini hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan foiz stavkasi mazkur qarzni joylashtirish muddati mobaynida o’zgarmaydi.
AQShda va bir qator G’arb mamlakatlarida uzoq muddatli qarzni joylashtirish deganda, amalga oshiruvchi kompaniyalarning kapital qo’yilmalarini moliyalashning asosiy manbai tushuniladi. Qimmatli qog’ozlarni (qarz majburiyatlarini) xarid qilishda kreditorlarga, aktsiya egalariga berilgani kabi ovoz berish huquqi berilmaydi, bu esa kompaniyalarga ularning hozirgi rahbarlari qo’l ostida muhim xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi ustidan nazorat qilishni saklagan holda investitsiyalarni jalb etishga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, dividendlardan farkdi o’laroq, uzoq muddatli qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash ko’pchilik G’arb mamlakatlarida kompaniya xarajatlariga kiritiladi hamda uning foyda solig’i olinadigan daromadi summasidan chegiriladi.
Malumki, O’zbekistonda o’zgacha tartib amal qiladi:
«Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq uzoq muddatli bank kreditlariga oid xizmatlar ko’rsatish bo’yicha to’lovlar daromad (foyda) solig’i olinadigan bazaga kiritiladi.
Agar sub’ektlar tomonidan mablag’larni jalb etish obligatsiyalarning nominal qiymatidan yuqori narxda sotish yo’li bilan amalga oshirilgan bo’lsa, obligatsiyalarning sotish narxi va nominal qiymati o’rtasidagi farq 6220-"Mukofot (ustama) ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" va 7220-"Mukofot (ustama) ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotlari kreditida aks ettiriladi.
Misol.
700 ming so’m nominal qiymatiga ega ikki yillik obligatsiya 720 ming so’mga sotilgan:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 720
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 700
Kt 6220 "Mukofot (ustama) ko’rinishidagi kechiktirilgan
daromadlar" 10
Kt 7220 "Mukofot (ustama) ko’rinishidagi uzoq muddatli
kechiktirilgan daromadlar" 10
Ustamaning bir qismini joriy davrdagi (yaqin yildagi) daromad sifatida aks ettirish, boshqa qismini esa kelgusi davrda hisobdan chiqarish lozimligi tufayli ustama bir yo’la ikki schyotda aks ettiriladi.
Agar obligatsiya (yoki istalgan boshqa qarz majburiyat-lari) bosqichma-bosqich qisman so’ndirish sharti bilan chiqarilgan bo’lsa, sub’ektlar balansida majburiyat quyidagicha: joriy tarzda - joriy davrda so’ndiriladigan summada, uzoq muddatli holda bo’lib - qoldiq summasida ifodalanishi kerak.
Misol.
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 700
Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy
qismi"350
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 350
Qarzning joriy qismini so’ndirishda uzoq muddatli majburiyatlarning boshlang’ich summasini kamaytirish lozim, bunda qisqa muddatli majburiyatlar balansda doim uzoq muddatlidan alohida ifodalangan holda joriy qism qaytadan ajratiladi:
Dt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"
Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi".
Asosiy qarzni to’lash va obligatsiyalarni so’ndirishda ob-ligatsiyalarni hisobga olinadigan schyotlar debetlanadi, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar esa kreditlanadi.
Xulosa qilinayotganda zayomni joylashtirishga doir xarajatlarni hisobga olish masalasiga to’xtalib o’tish lozim. Ular zayomni chiqarish va uni joylashtirish xarajatlarini, ro’yxatdan o’tkazish, vositachilik va boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur xarajatlarni zayom beruvchi kompaniya o’z zimmasiga oladi, bu esa zayom bo’yicha haqiqiy foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. Biroq, buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillariga muvofiq, bunday xarajatlar alohida hisobga olinadi hamda muddati kechiktirilgan xarajatlar deb atalgan xarajatlarga kiritiladi. Zayomni joylashtirishga doir xarajatlarga bunday yondashuv, ular kelgusida daromad keltirishga qodir uzoq muddatli mablag’ ko’yilmalari sifatida ko’rib chiqilishi bilan asoslanadi. Bu xarajatlar zayomning amal qilish muddati davomida bir maromda hisobdan chiqariladi.
O’zbekistonda «Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizom-ga muvofiq, qimmatli qog’ozlarni chiqarish bilan bog’liq xarajatlar moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga kiritiladi, yuzaga kelishiga qarab hisobdan chiqariladigan hamda daromad (foyda) solig’i bazasini kamaytirmaydi.
Qarz oluvchi sub’ektlarda 6840 va 7840-"To’lanadigan veksellar" schyotlarida qisqa muddatga va uzoq muddatga berilgan veksellar hisobga olinadi.
Uzoq muddatli veksellardan, odatda, muayyan aktivlar xaridiga oid to’lovlar yoki boshqa aniq maqsadlar uchun foydalaniladi. Ularning obligatsiyalardan farqi aynan shundan iborat, chunki ular yordamida jalb etiladigan mablag’lardan qarz oluvchi turli xo’jalik vazifalarini hal etish uchun foydalanadi. Bundan tashqari, veksellar institutsionallashtirilgan sarmoya bozorlarida muomalaga kiritilmaydi (ochiq savdo uchun qo’yilmaydi) hamda obligatsiyalarga nisbatan ancha uzoq amal qilish muddatiga ega bo’ladi.
Veksellar obligatsiyalar singari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |