3. Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish, sug’urta va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish
6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlar" schyoti sub’ektning soliqqa oid majburiyatlarini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Bu joriy (qisqa muddatli) qarzlar uzoq muddatli qarzlarga doir anna shunday schyot mavjud emas, chunki amalda hisoblar yozilgan soliqqa oid barcha majburiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda joriy davrda so’ndiriladi.
6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlar» schyotida har bir soliq bo’yicha tahliliy hisob olib borish lozim. Shu munosabat bilan mazkur sub’ekt qonun hujjatlariga muvofiq to’laydigan har bir soliq turiga alohida schyot ochish tavsiya etiladi, masalan:
"QQS bo’yicha qarzlar";
"Daromad (foyda) solig’i bo’yicha qarzlar";
"Mol-mulk solig’i bo’yicha qarzlar";
"Daromad solig’i bo’yicha qarzlar" va hokazo.
Xuddi shunday tartibda byudjetga bo’nak to’lovlarini hisobga olish bo’yicha schyotlar yuritish tavsiya etiladi:
4411 "QQS bo’yicha bo’nak to’lovlari»;
4412 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha bo’nak to’lovlari» va
boshqalari.
Agar biror-bir soliq bo’yicha byudjetga ortiqcha to’lovlar mavjud bo’lsa, bu ham bo’nak to’lovi sifatida balans aktivida aks ettiriladi.
Ma’lumki, sotish chog’ida QQSni hisoblab yozish yangi schyotlar rejasida sotish schyotlarini chetlagan holda aks ettiriladi.
Misol.
QQS hisobga olingan holda 640 ming so’mlik tovar sotib olindi, keyin esa u QQSni hisobga olgan holda 860 ming so’mga sotildi.
Tovar xaridini aks ettirish:
Dt 2910 "Omborlardagi tovarlar" 520 m.s.
Dt 4411 "QQS bo’yicha bo’nak to’lovlari" 120 m.s.
Kt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" 640 m.s.
Tovar sotilishini aks ettirish:
Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 860
Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar"720
Kt 6411 "QQS bo’yicha qarzlar"140
Bo’nak to’lovlarining aktiv schyoti bo’yicha aylanmalarni hamda passiv schyotida - hisoblab yozilgan soliqlarni to’lashga oid majburiyatlarni taqqoslash orqali har bir soliq turi bo’yicha sub’ektning byudjet bilan o’zaro aloqalari aks ettiriladi.
Mazkur holatda hisoblab yozilgan majburiyatlar - 140 ming so’m bo’nak to’lovlari - 120 ming so’mdan ko’p, ular o’rtasidagi fark – 20 ming so’mni byudjetga to’lash lozim:
Dt 6411 "QQS bo’yicha qarzlar"140
Kt 4411 "QQS bo’yicha bo’nak to’lovlari"120
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti"20
Soliqlar bo’yicha byudjetga ortiqcha summalar to’langan takdirda,
ular 4400-schyotda balans aktivida (xuddi har qanday oldindan
to’langan xarajatlar singari) aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |