Moliya va boshqaruv
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir. Xo‘jalik sub'ektlarining faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslar bo‘yicha axborotlarni shakllantirish, moliyaviy hisobotlarni tuzish hamda xarajatlar va mahsulot tannarxi kal'kulyasiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy-uslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi. Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi.
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular bo‘yicha pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari olingan yoki to‘langan paytda emas, balki ular sodir etilgan paytda aks ettiriladi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik sub'ekti tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari kerak.
Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli ahborotlar bilan ta'minlashdir.
Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo‘ladilar. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aksionerlar, investorlar uchun zarur Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta'sischilar va kuzatuv kengashi a'zolari foydalanadilarIkkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladiIkkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladiMoliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi sub'ekt doimiy harakat qilishini va aniq bo‘lmagan uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'ektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi. Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi. Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |