Davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi;
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish — aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi;
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish — aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
Davlat qarzi — davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi;
Mahalliy budjet — Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Moliya yili— birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr;
Mustahkamlash uchun savollar: • Moliya tizimi deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta'rif berish mumkin?
• Moliya tizimi, dastlab, qanday sohalarga bo'linadi?
Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo'g'inlardan tashkil topishi mumkin?
• Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi qanday bo'g'inlardan iborat?
• Moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini sifatida Davlat byudjeti o'z ichiga nimalarni oladi?
• Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o'z oldida turgan qanday muammolarni hal etishi kerak?
• Mablag'lardan foydalanishning maqsadli yo'naltirilganligi belgisi bo'yicha davlat maqsadli fondlarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin?
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini sifatida qanday fondlardan iborat bo'lishi mumkin?
• Nega davlat krediti moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining o'ziga xos bo'g'ini hisoblanadi va unga tegishli bo'lgan xususiyatlar nimalardan iborat?
• Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi sifatida qanday bo'g'inlardan tashkil topgan?
• Notijorat asosda xo'jalik yuritishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
• Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini qanday asosiy guruhga ajratish mumkin?
• Notijorat sektorni davlat tomonidan to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) qo'llab-quvvatlashning qanday asosiy shakllari mavjud?
• Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy ko'rinishlari nimalardan iborat?
• Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning qanday bo'g'inlaridan iborat?
• Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi qanday bo'g'inlardan tashkil topadi?
• Federativ davlatlarda byudjet tizimi qanday bo'g'inlardan tarkib topgan?
• Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining muhim bo'g'inlari sifatida Daviat byudjeti, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar va davlat korporatsiyalari moliyasi o'ziga xos qanday xususiyatlarga ega?