Moliyaviy tizimi tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Iqtisodiy mustaqillik va moliyaviy tizimning alohida aloqalari ( respublika, viloyat) o'rtasidagi funktsiyalarni aniq belgilash. Hukumat milliy ahamiyatga molik vazifalarni – mudofaa, makon, tashqi iqtisodiy faoliyatni hal etishni moliyalashtiradi; mahalliy organlar-maktablar, kommunal muassasalar, jamoat tartibi tashkilotlarini rivojlantirish va h. k. ularning daromadlari va xarajatlari bilan mahalliy davlat byudjetiga kiritilmagan;
- Byudjetni shakllantirish normativ asosda amalga oshiriladi;
-Davlat ichidagi turli darajadagi byudjetlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik shartnoma asosida tuziladi;
- Byudjetlarning daromad qismi asosan soliqlar hisobidan shakllanadi.
Budjet tizimining asosiy prinsiplari
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;
Davlat budjeti balansliligi;
davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning bir xil sharoitlarida moliyaning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilisb ularning mazmunida umumiy belgilar mavjudligidan dalolat beradi. Ви moliya faoliyat ko'rsatishining obyektiv sabablari уа shart-sharoitlari saqlanib qolishi bilan bog'liq. yuqorida ta'kidlaganimizdek, ushbu shart-sharoitlar ichida ikkitasi ajralib turadi: tovar-pul munosabatlarining rivojlanisbi уа ushbu munosabatlar subyekti sifatida davlatning mavjudligi. Pul, kredit,
mehnat haqi fondi уа boshqa qiymat kategoriyalaridan farq qilib, mоliуа davlatning faoliyat ko'rsatishi bilan uzviy bog'liqdir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, moliyaviy munosabatlar ijtimoiy munosabatIarni ifodalaydi уа jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil etadi. Moliyaviy munosabatlar uzoq evolutsion yo'lni bosib o'tgan vа xilma-xil shakllarda namоуоn bo'lib kelgan, Ulaming xilma-xilligi
bozorning, davlat funksiyalari уа vazifalarining kengayishi natijasida
xo'jalik munosabatlarining murakkablashuvi bilan bog'liq. Ayni vaqtda, moliyaviy munosabatlar o'rtasida umumiylik saqlanib qoladi:
• ulaming barchasi yalpi ichki mahsulotni уа milliy daromadni
taqsimlashni amalga osbiradi;
• рul mablag'lari fondlarini shakllantirish уа u!arni ishlatishda
ishtirok etadi;
• taqsimot jarayonini nazorat qiladi vа tartibga soladi;
• aksariyat рul shaklida namoyon bo'ladi.
Moliyaviy munosabatlar umumiy belgilarga ega bo'lishi bilan
birga ulardan ayrimlari o'ziga xos xususiyatlariga ega уа aniq moliyaviy
kategoriyani vujudga keltirib, umumiy to'plamdan ajralib turadi. Masa-
lan, soliqlar tnoliyaviy munosabatlarning barcha umumiy bеlgilаrini aks
ettirib, o'ziga xos funksiyalari, roli va vazifalari bilan maxsus moliyaviy
kategoriyaga aylangan. Вu boshqa moliyaviy kategoriyalar -
davlat daromadlari, davlat krediti уа hokazolarga ham tegishlidir.
Faoliyat ko'rsatish maqsadlariga ko'ra ma'lum umumiylikka ega
bo'lgan moliyaviy kategoriyalar guruhlanib, moliyaviy bo'g'illlarni
tashki! etadi. Ularga budjet, korxonalar moliyasi misol bo'ladi. Budjet
moliyaviy bo'g'in sifatida, soliqlar, davlat krediti, davlat xarajatlari kabi
moliyaviy kategoriyalarni birlashtiradi.
Ishlab chiqarish, savdo, tovarpul tnunosabatlari, bank ishi va
xalqaro рul aylanmasining rivojlanishi mos ravishda moliyaviy muno-
sabatlarda ham o'zgarishlarni yuzaga keltirgan. Natijada moliyaviy
munosabatlarning eng yuqori pog'onasi :-moliyaviy sferalarni (markaz-
lashtirilgan уа markazlashtirilmagan moliya) vujudga kelgan. Ular Ьзrpо
bo'lish, ishlatilish уа boshqarishning maxsus shakllari bilan farqlanadi,
ammo bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir.
Har bir moliyaviy sfera (soha) maxsus moliyaviy institutlar bilan
Boshqarilib, ularga davlat moliya apparati (O'zbekistoll Respublikasi
Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari; Soliq komiteti уа soliq
inspeksiyalari; Davlat Bojxona komiteti уа bojxonalar) va xo'jalik yuri-
tuvchi subyektlarning moliya-hisob markaz!ari kiradi.
Shunday qilib, moliyaviy munosabatlar rivojlanish уа murak-
kablashish jarayonida moliyaviy kategoriyalardan moliyaviy bo'g'in-
larga, ulardan moliyaviy sferalarga tomon yo'lni bosib o'tadi va nihoyat
moliya tizimini tashkil etadi .
Bozor munosabatlari sharoitida moliya tizimi jamiyat hayotining
ijtimoiysiyosiy va ijtimoiyiqtisodiy tomonlarini aks ettiradi. Moliya
tizimi ko'p pog'onali tuzilma bo'lib, mamlakat moliyaviy resurslarining
tayinlanishiga ko'ra har xil shakldagi риl fondlarini o'z ichiga oladi. Риl
fondlari qonunch.ilik уа ijro organlari orqali yoxud davlat tasarrufida
(markazlashgan sfera), yoxud yuridik уа jismoniy shaxslarda (mar-
Kazlashmagan sfera) bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |