Kredit munosabatlari obyekti - jamiyatda vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`laridir.
Kredit munosabatlarining subyektlari - korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat, aholining keng qatlami hisoblanadi.
Kredit resurslarining asosiy mablag`lari:
- Korxonalarning amortizatsiyasi ajratmalari;
- Mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
- Korxonalarning ishlab chiqarish , fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag`batlantirish fondlari;
- Korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob- kitob qilguncha , uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarda saqlanadi;
- Bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
- Aholining bo`sh pul mablag`lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |