Byudjet tizimi Byudjet tizimi
Davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonun (2000-yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
- Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
- Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
- Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni;
- Davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Asosiy tushunchalar budjet Asosiy tushunchalar budjet - Aylanma kassa mablag‘i me’yori — moliya yilida respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori;
- (3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
- budjet jarayoni — Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni;
- budjet dotatsiyasi — o‘z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
- budjetdan mablag‘ ajratish — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari;
Do'stlaringiz bilan baham: |