O‘quv dasturining maqsadi va vazifalari
“Moliya nazariyasi” fanining asosiy maqsadi kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib etishadigan talabalar o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha ilmlarni puxta egallashi bilan birga shu soha tarixini bilishi muhim o‘rin egallaydi, chunki tarixni yaxshi bilmasdan turib,yuksak manaviyatga erishish mushkul hisoblanadi.CHunki mustaqillik yillarigacha O‘zbekistonining tarixi alohida fan sifatida o‘rganilmagan.Tarix mafkuraning bir qismi hisoblanadi va uning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Fanning vazifasi-talabalarga moliya va moliyaviy masalalarning shakllanish jarayonlari, moliya genezisi (taraqqiyoti), moliyaning tarixiy xususiyatgsha ega ekanligi har qanday davlat o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan fondlarni shakllantirishva ulardan foydalanishning tizimini yaratadi,degan xulosani chiqarishga imkon yaratadi. “Moliya nazariyasi” fani turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farqlanishi, jamiyat taraqqiyotida moliyaning o‘rnining oshib borishi,moliyaning mohiyati, funksiyalari, moliya fanini boyitishga munosib himssa qo‘shgan nemis olimlarining asarlarida, mumtoz maktab vakillarining moliya to‘g‘risidagi talimotlari,siyosiy iqtisod mumtoz konsepsiyalari, yangi tarixiy maktab konsepsiyalari, rossiyalik iqtisodchilarning moliya nazariyalari, moliya tizimining shakllanishi va uning takomillashuvini amalga oshirishdagi rolini qanday tarzda amalga oshirilganligini bevosita tarixiy manbalarga asoslangan holda talabalarga o‘rgatishdan iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Moliya nazariyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida
Mazkur fan bo‘yicha bakalavr:
Shu maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutiladi:
Talabalarga davlat moliyasi deyarlik barcha davrlarda iqtisodiy mexanizmda etakchi o‘rinlardan birini egallashining nazariy asoslarini uyg‘unlashtirgan holda tadbiq etish;
ularni tarix zamon talablaridan kelib chiqadigan muammolar echimini topishga, to‘g‘ri xulosalar chiqarishga, shuningdek, tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatishi masalasida chuqur mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlar egallashga qo‘maklashish;
bo‘lajak iqtisodchilarni moliya nazariyasi ilmi bilan tanishtirish birinchi darajali masalalardan biri ekanligi to‘g‘risidagi nazariy ko‘nikmalarni hosil qilish;
fanni o‘rganish natijasida moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib borganligini tushuntirish;
talabalar ongida O‘zbekistonda ham bozor munosabatlarining amalga oshirilishi moliya fanining bir necha eng muhim nazariy qoidalarini ko‘rib chiqilishini taqozo etganligini tushuntirish va h.k.
“Moliya nazariyasi” fani bo‘yicha talabalar bilimiga qo‘yiladigan umumiy talablar dasturga kiritilgan har bir mavzudagi muammolarni o‘zlashtirish va ular bo‘yicha mustaqil fikr yuritish darajasi bilan belgilanadi. Bunda o‘quv qo‘llanmalar xarakteridagi adabiyotlarni o‘zlashtirish bilan birga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev asarlari va ma’ruzalarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan moliyaga oid tegishli qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni o‘rganishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |