Moliya kredit


Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 1,33 Mb.
bet4/6
Sana23.03.2022
Hajmi1,33 Mb.
#507062
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Молия фанидан курс иши

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.


1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish.
Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, harajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, soliq yukini kamaytirish, bank tizimini isloh qilish, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish, sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish.
2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish.
Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom etish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish, erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish, eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish.
3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish.
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi halokatining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, davlat mulkini xususiylashtirishni kengaytirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, investitsiya muhitini takomillashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomill va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish, yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish.
Harakatlar strategiyasi asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning dastlabki natijalari yurtimiz aholisi hayotida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida muhim omil bo‘layapti.
Mazkur dasturilamal hujjatning uchinchi — Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shundan kelib chiqib, bugungi kunda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, ayniqsa, tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, iqtisodiyotning liberallashtirilishi bu davlatni nomarkazlashtirish bo‘lib, uning iqtisodiy boshqaruvdagi funksiyalarini o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, xususiy sektorlarga o‘tib borishini anglatadi. Ushbu jarayonda ikkita muhim strategik vazifani hal qilish zarur. Avvalo, xususiylashtirilayotgan mulk haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi kerak. Chunki iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoitlar yaratishga imkon tug‘dirilishi milliy ongning o‘sishi va tafakkur taraqqiyotiga olib keladi. Navbatdagisi, iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda raqobat muhitini yaratish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo qilishdir. Bu, o‘z navbatida, jamiyat turmush sharoitiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, odamlarning xususiy mulkka nisbatan qarashi o‘zgarishi, ijtimoiy ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlat mulki xususiylashtirilib, kichik biznesning rag‘batlantirilishi tufayli jamiyatda mulkdorlarning yangi qatlami vujudga keladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotda davlat ishtiroki bosqichma-bosqich kamaytirilayotgani quvonarlidir.
Iqtisodiyot professional diagnostika asosida tahlil etilib, strategik harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil qildi, eksport hajmi qariyb 15 foiz ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million AQSh dollariga yetkazildi.



  1. Download 1,33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish