Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. - Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsimlash jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga nisbati ifodalaydi.
Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining o‘zgarishi. Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: Us= S1i x K0i - S0i x Koi soliq hajmini absolyut o‘sishi quyidagicha aniqlanadi: Uk= S1i x K1i - S1i x Koi; bunda, S1i S0i – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi; K1i Koi – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi. SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi. Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar хam qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsientlaridan foydalanish mumkin: - Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar хam qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsientlaridan foydalanish mumkin:
- E=U/Х х Х/U; bunda,
- E – elastiklik koeffitsienti (omil «Х»ning 1%ga o‘zgarishi natijasida yakuniy ko‘rsatkich «U»ning o‘zgarish darajasi);
- Х – «Х» omilining o‘sishi;
- U – «U» yakuniy ko‘rsatkichning o‘sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |