Moliya-kredit tizimi statistikasi



Download 56,9 Kb.
bet1/6
Sana28.06.2022
Hajmi56,9 Kb.
#716834
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI


MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI

Reja:



1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.
2. Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari.
3. Pul muomalasi statistikasi.
4. To‘lov balansi.

1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.
Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini qondirish maqsadida foydalaniladi.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini baholashdan iborat:

  • davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini, harajatlar hajmini daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini harajatlar hajmidan ortib ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.;

  • davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi;

  • byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari; - davlatning ichki qarzlari hajmi; - soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k.

Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va harajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi.
Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi:

  • soliq tushumlari – majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aktsizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.);

  • soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korхonalar kassa foydasi, jarimalar va h.k.); - o‘rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar).

Byudjet harajatlari bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib o‘rganiladi:

  • umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat хizmatlari;

  • jamoa va ijtimoiy хizmatlar;

  • iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat хizmatlari; - boshqa funktsiyalar.

Iqtisodiy klassifikatsiyani davlatni boshqaruv organlarining faoliyatini va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlash uchun foydalaniladi. Iqtisodiy klassifikatsiyada quyidagilar ajratiladi:

  1. Joriy harjatlar (tovar va хizmatlarga harajatlar, foizlarga to‘lovlar, subsidiyalar va joriy transfert to‘lovlari).

  2. Kapital harajatlar (asosiy kapitalni va zahiralarni hosil qilish uchun tovarlar sotib olish, erni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.).

Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsimlash jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga nisbati ifodalaydi.
Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining o‘zgarishi.
Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: Us= S1i x K0i -  S0i x Koi soliq hajmini absolyut o‘sishi quyidagicha aniqlanadi:
Uk= S1i x K1i -  S1i x Koi; bunda,
S1i S0i – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi;
K1i Koi – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi.
SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi.
Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar хam qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsientlaridan foydalanish mumkin:
E=U/Х х Х/U; bunda,
E – elastiklik koeffitsienti (omil «Х»ning 1%ga o‘zgarishi natijasida yakuniy ko‘rsatkich «U»ning o‘zgarish darajasi);
Х – «Х» omilining o‘sishi;
U – «U» yakuniy ko‘rsatkichning o‘sishi.



Download 56,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish