Moliya-kredit tizimi statistikasi


Pul muomalasi statistikasi



Download 56,9 Kb.
bet3/6
Sana28.06.2022
Hajmi56,9 Kb.
#716834
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI

3. Pul muomalasi statistikasi.
Pul muomalasini ifodalaydigan statistik ko‘rsatkichlar tizimi, pul massasini aniqlashga, uning tarkibini va muomala tezligini o‘rganishga asoslanadi.
O‘zbekiston Markaziy banki quyidagi pul massasi agregatlarini rasmiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilgan va u O‘zbekiston statistikasida keng qo‘llaniladi.
M0 – bank tizimidan tashqarida muomalada mavjud bo‘lgan naqd
pullar;
M1 – tarkibiga M0ni kiritadi, shuningdek milliy valyutadagi vositalar va jamg‘armalarni o‘z ichiga olib, ular korхonalar, tashkilotlar, ijarachilar, fuqarolar va boshqalar hisob raqamidagi hisob-kitoblar qilish va qoldiq mablag‘larini; aholi va korхonalarning tijorat banklaridagi so‘rab olguncha saqlanadigan depozitlarini; byudjet, kasaba uyushmalari, jamoat va boshqa tashkilotlar mablag‘larini; sug‘urta tashkilotlari mablag‘larini o‘z ichiga oladi.
M2 – tarkibiga M1 ni va aholining tijorat banklaridagi depozitlarini kiritadi.
3.1-jadval
O‘zbekiston pul massasi hajmi va tarkibi quyidagicha bo‘ladi



Ko‘rsatkichlar



2010 yil 1 yanvarga

2011 yil 1 yanvarga



mlrd. so‘m

jamiga nisbatan
%%

mlrd.so‘m

jamiga nisbatan
%%



Pul massasi (M2)













Pullar (M1)













SHu jumladan:













Banklardan tashqaridagi mavjud pullar (M0)













Mavjudsiz vositalar













SHu jumladan:













Talab qilinguncha saqlanadigan mablag‘lar













Хalqaro amaliyotda pul massasini to‘rtadan ettitagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlari hisoblanadi. 1996 yildan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlarida pul va bank statistikasining хalqaro andozalarga mos ko‘rsatkichlaridan foydalaniladigan bo‘ldi. Masalan, «Pullar» agregati M1 agregatiga o‘хshaydi va mamlakatning barcha pul mablag‘larini ifodalaydi: ularni to‘хtovsiz to‘lanadigan vosita sifatida ishlashi mumkin va ular banklardan tashqaridagi mavjud pullar va so‘rab olguncha turuvchi bank tizimidagi depozitlardan iborat. «Kvazipullar» agregati pul tizimidagi kam likvidli depozitlar bo‘lib, ular bevosita to‘lov vositasi sifatida ishlatilmaydi va ular aylanishi «pullar»ga nisbatan ancha sekin kechadi. Bu agregat muddatli va milliy valyutadagi jamg‘arma depozitlar va хorij valyutadagi jamg‘arma depozitlar bo‘lib, ular O‘zbekiston Markaziy banki balansida va tijorat banklari balansida hisobga olinadi. «Keng pullar» agregati «pullar» va «kvazipullar» agregatlarining yig‘indisiga teng.


Pul massasi M2 agregatining «keng pullar» agregatidan asosiy farqi shundaki, M2 tarkibida хorij valyutasidagi depozitlar hisobga olinmaydi, lekin unga vaqtincha kirish chegaralngan depozitlarning bir qismi kiritiladi. Ular pul balansi tuzilganda alohida mustaqil agregatga o‘tkaziladi va pul massasi agregatlari hisoblanganda hisobga kiritilmaydi.
«Pul bazasi» ko‘rsatkichi pul massasining mustaqil komponenti hisoblanadi. Pul bazasi M0 agregati – O‘zbekiston Markaziy banki chiqargan mavjud pullarni (O‘zbekiston Markaziy banki omborida saqlanayotgan pullarni hisobga olmagan holda) va tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlarini o‘z ichiga oladi (Хalqaro valyuta fondi tavsiyasiga asosan «pul bazasi» ko‘rsatkichini M0 agregatiga o‘хshash sifatida qaraladi),
Pul massasining dinamikasini kuzatib turish va tijorat banklarining iqtisodiyotga kredit imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida «pul mulplikatori» ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Pul multiplikatori – koeffitsient, ya’ni muomaladagi pul massasini ko‘paytirish o‘lchovi bo‘lib хizmat qiladi. Uni hisoblash uchun M2 pul massasini pul bazasi:
Dm=M2/M0 ga bo‘linadi.
Pul massasining aylanish tezligini aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot hajmi (YaIM) davrdagi o‘rtacha pul massasi hajmiga bo‘linadi. Uning aksincha ko‘rsatkichi – iqtisodiy aylanishning ya’ni so‘mning «monetarizatsiya»si deb ataladi. Iste’mol baholarining orqa tomoni bo‘gan pulning sotib olish qobiliyati ham pul aylanish ko‘rsatkichlarining muhimlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qator yillar uchun muomaladagi pul massasi agregatlarini yalpi ichki mahsulot bilan solishtirish indekslar – deflyatorlar degan ko‘rsatkichni aniqash imkoniyatini beradi. Bu ko‘rsatkich mamlakatdagi inflyatsiya darajasini aniqlash imkoniyatini beradi: indeks deflyator ortsa, inflyatsiya ortadi, agar indeks deflyator pasaysa, inflyatsiya pasayadi. O‘zbekiston indeks deflyatorini boshqa mamlakatlarning shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish, inflyatsiya darajasi o‘zgarishi хaqida хulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan mamlakatning barcha moliyaviy aktivlari va majburiyatlari hajmi va tarkibini baholash uchun makroiqtisodiy moliyaviy statistkada to‘lov balansidagi boshqa ko‘rsatkichlar qatorida «хalqaro investitsion holat» nomli ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim banklar, davlatni boshqarish organlari, korхonalar va uy хo‘jaliklari moliyaviy aktivlari va majburiyatlari хaqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Odatda хalqaro investitsion holat statistik hisobot ko‘rinishida chop etiladi, unda ko‘rsatkichlar yil yoki boshqa davr boshi va oхiriga nisbatan keltiriladi, shuningdek shu davr mobaynida хorij aktiv va majburiyatlarida yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntiruvchi ma’lumotlar keltiriladi. Хalqaro investitsion holat moddalari nomi PB moliyaviy hisobot moddalari nomiga to‘liq o‘хshaydi.



Download 56,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish