7-rasm. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari salmog’i14(foizda)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari ta’minoti uchun saqlash xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2019 yilda 2,9 foizni, 2020 yilda 3,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2021 yilda bu xarajatlar 3,1 foiz darajasida bo’lishi ko’zda tutilgan. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’minot xarajatlari 2020 yilda jami byudjet xarajatlarining 1,1 foizini tashkil etayotgani kuzatilmoqda. Bu o’z navbatida davlat boshqaruvi tizimida mahalla institutining rolini oshirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bevosita bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamg’armasi miqdori ham nazarda tutiladi. Zaxira jamg’armasi mablag’lari Respublika byudjetiga tushuvchi daromadlarning bir qismi hisobiga shakllantiriladi va byudjetni tuzishda hisobga olinishi mumkin bo’lmagan iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi ko’zda tutilmagan qo’shimcha xarajatlarni yil davomida o’z vaqtida va uzluksiz mablag’ bilan ta’minlaydi:
epidemiyalarga qarshi, epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari va boshqalarga;
tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga;
byudjetda ko’zda tutilgan rejali ajratmalarni ko’paytirishga;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq olimlar, mutafakkir, sarkarda, davlat va jamoat arboblarining yubileylariga;
sport-madaniy tadbirlarga, festivallar, umumdavlat va milliy bayramlarga;
davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilmagan boshqa xarajatlarga.
3. Byudjet islohotlari sharoitida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashni rivojlantirish masalalari
Respublikamizda byudjet islohotlari sharoitida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashni rivojlantirishda uning qator afzalliklariga to‘xtalib o‘tish joizdir.
Byudjetni o‘rta muddatli istiqbolini belgilashning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
byudjet xarajatlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aynan o‘rtacha muddatli davrda davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va keng amalga oshirish yo‘li bilan echish mumkin.
Aniq maqsadlarga erishish uchun tuzilgan har qanday dastur byudjetni moliyalashtirish dasturiga aylanadi. Bunday dasturlar tuzilganida byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish va moliyalashtirish natijalarining nomuayyanligi muammolari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi;
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘larini tasarruf etish borasidagi mustaqilligini oshirish va ishning o‘lchash mumkin bo‘lgan aniq natijalari uchun ularning javobgarligini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Byudjetni o‘rta muddatli rejalashtirish joriy etilishi bilan byudjet jarayoni o‘rtacha muddatli makroiqtisodiy doiraga tushiriladiki, bu vazirliklar va idoralarning rahbarlari, byudjet mablag‘larini oluvchilarni o‘z siyosatining ustuvor vazifalarini yanada aniqroq ta’riflashga va bu vazifalar bir-biriga zid bo‘lmasligi haqida qayg‘urishga majbur etadi;
byudjetni o‘rta muddatli rejalashtirishning bir yillik ko‘rsatkichlaridan byudjetni rejalashtirish jarayonini kelgusi yillarda davom ettirish uchun foydalaniladi. Bundan maqsad – byudjetning barqarorligi va vorisiyligini ta’minlash, uning ochiqligi va asoslanganlik darajasini oshirish;
byudjetdan mablag‘ ajratish asosli ravishda, davlat siyosatining ustvor vazifalarga, ishlab chiqilgan byudjet dasturlariga muvofiq, ularning unumdorlik darajasiga baho berish asosida belgilanishini ta’minlanadi;
byudjet ko‘rsatkichlarini tasniflash yagona tizimidan foydalanish printsiplarini, ularni davlat boshqaruvining barcha darajalarida hisob-kitob qilish va hisobot berish metodologiyasini belgilanadi. Bu byudjetning ochiq va oshkoraligini sezilarli darajada oshiradi, fiskal intizomni ta’minlash mexanizimlarni belgilaydi,, davlat boshqaruvi markaziy va mahalliy organlari o‘rtasida byudjet mustaqilligini nazarda tutadi, ichki va tashqi audit, davlat moliyaviy nazoratining asosiy printsiplarini mustahkamlaydi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘rta muddatli strategiyasi– iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va mo‘ljallari hamda ularga erishishning davlat tomonidan rejalashtirilayotgan samarali yo‘llari va vositalarining kompleks tizimidir.
Kelgusida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashga o‘tishda respublikamiz hukumati quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi Strategiya ishlab chiqilishini ta’minlashi lozim bo‘ladi:
makroiqtisodiy vaziyatning miqdor ko‘rsatkichlari va sifat tavsifini, o‘tgan davrlarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishni yakuniy natijalari:
makroiqtisodiy, tarkibiy va ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini;
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozlarini, shu jumladan, makroiqtisodiy prognozlarni;
iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar, ilim – texnika salohiyati, tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlanishi, ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi, turmush darajasi va sifatining o‘sishi, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, sanitariya va aholini ijtimoiy ta’minlashning pragnoz boholanish:
iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va sohalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va mo‘ljallarini;
ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va mexanizmlari majmuini.
Makroiqtisodiy prognozlarni o‘rta muddatli byudjet jarayoniga samarali tatbiq etish uchun uch darajada bir qator institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;
makroiqtisodiy vaziyat, iqtisodiyot tarmoqlari (sektorlari)ning rivojlanishi, aholi turmush darajasining tahlili (muammolarni aniqlash);
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari;
iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari - iqtisodiyot siyosat strategiyasi.
Makroiqtisodiy prognoz va fiskal siyosatning asosiy parametrlar (5 yilga) iqtisodiyot balansli va barqaror rivojlanishini, demografik vaziyatning o‘zgarishi prognozlarini, mehnat bozorining rivojlanish parametrlari prognozini ta’minlaydi.
Makroiqtisodiy siyosatni O'rta muddatli (perspektiv) moliyaviy ustuvor yo’nalishlari rejani tayyorlash:
soliq-byudjet siyosati O'rta muddatli kelajak uchun mo'ljallangan
pul-kredit siyosati Davlat byudjetini rejalashtirish (uch yil)
tashqi iqtisodiy siyosat muddatiga ajratilgan moddalar bo’yicha)
ijtimoiy siyosat va boshqalar
soliq stavkalari byudjet harajatlar Daromad prognozlar rejalashtirish.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, byudjet tizimimig mohiyati davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining maʼlum bir bosqichida paydo boʼlgan boʼlib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bogʼliqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli boʼlgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab aniqlab beradi.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda, uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: davlat byudjeti - umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to’plangan va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining rivojlanishiga sarflanadigan moliyaviy resursdir.
Shunday qilib, Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir. Nosoliqli daromadlar tarkibiga esa davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar, byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar va boshqa nosoliqli daromadlar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari salmog’i jihatdan keyingi o’rinda turadi. Davlatning boshqaruv faoliyati o’z maqsadlari va funksiyalarini murakkab tuzilishga ega bo’lgan va turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi o’z (davlat) apparati orqali ta’minlashida namoyon bo’ladi. Uning bir qismi qonunlarni ishlab chiqish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish bilan shug’ullanadi, ya’ni funktsional ko’rinishdagi davlat boshqaruvi bilan bog’liq, boshqa qismi davlatning ichki (huquq-tartibot) va xalqaro barqarorligi va xavfsizligini, uning jahon hamjamiyati bilan o’zaro munosabatlarini ta’minlaydi.
Hozirgi keng ko‘lamli islohotlar sharoitida byudjet tizimi va byudjet munosabatlarini tartibga solish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Byudjet tizimi deganda biz, barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish tamoyilarini, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini tushunamiz.
Respublikamizda byudjet islohotlari sharoitida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashni rivojlantirishda uning qator afzalliklariga to‘xtalib o‘tdim.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘rta muddatli strategiyasi– iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va mo‘ljallari hamda ularga erishishning davlat tomonidan rejalashtirilayotgan samarali yo‘llari va vositalarining kompleks tizimidir.
Davlatning jamiyat oldidagi asosiy vazifalarini bajarishdagi rolini oshirgan holda iqtisodiyotni erkin tamoyillar asosida modernizatsiyalash amaldagi qonunchilikka mufoviq xarajatlar va moliyaviy oqimlar yo‘nalishlari ustidan samarali nazoratni ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy moliya tizimini yaratishni talab qiladi. Moliya tizimi o‘zidagi mavjud usullardan foydalanib, ularni takomillashtirgan holda iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun byudjet jarayonining yuqori darajadagi tiniqligi va oddiyligini taminlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |