“Moliya” kafedrasi


  Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

2.  Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash 
Jahonda  moliyaviy  globallashuvning  jadal  sur’atlarda  rivojlanishi  va 
mamlakatlarning  o‘zaro  integratsiyalashuvi  natijasida  xalqaro  darajada  kapital 
harakati yuzaga kelmoqda. Hozirgi kunda xalqaro kapital migratsiyasi rivojlangan 
mamlakatlardan  rivojlanayotgan  bozorlarga  ko‘chmoqda.  Bu  o‘z  navbatida, 
xalqaro investitsiyalar uchun loyihalarni baholashning ahamiyatini oshirmoqda.  
SHu  sababli,  mazkur  tadqiqot  ishida  CAPM  modeli  yordamida 
kompaniyalar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  investitsiyalar  uchun  kapital 
bahosini  hisoblashni  boshqa  malakatlarga  investitsiyalarni  amalga  oshirishda 
qo‘lanilishi o‘rganildi. 
Xorijga  investitsiya  qilish  ma’lum  qo‘shimcha  risklarga  ega.  CHet  elga 
investitsiya  qilish  har  doim  investorlar  uchun  risklimi?  Bu  savolga  bir  misol 
yordamida  javob  qidirishga  harakat  qilinadi.  Amerikalik  investor  uchun  S&P 
indeksiga  investitsiya  qilgan  riskliroqmi,  yoki  Misr  fond  birjasigami?  Albatta, 
Misrga  investitsiya  qilish  riskliroq,  faqat  unda  risk  umumiy  dispersiya  sifatida 
aniqlanadigan  bo‘lsa.  Misrga  investitsiyaning  betasi  qanchalik  yuqori  va  u 
Amerikalik investorning diversifikatsiyalangan portfeliga qanchalik risk qo‘shadi?  
Mazkur savolga javob berish uchun Misr, Polsha, Tailand va Venesuela kabi 
davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlari o‘rganildi. 1.3.1-jadvalda Misr, Polsha, 
Tailand  va  Venesuela  bozorlarining  beta-koeffitsentlari  keltirilgan.  Bu  bozorlar 
daromadliligining  o‘rtacha  kvadrat  og‘ishishi  AQSHga  qaraganda  2-3  barobar 
katta,  lekin  faqat,  Tailandda  beta-koeffitsenti  1  dan  oshadi.  Buning  sababi  zaif 
korrelyasiya  koeffitsenti  bilan  bog‘liq.  Bashqacha  qilib  aytganda,  Tailand  fond 
bozoriga  investitsiya  qilish  riski  boshqa  davlatlarga  nisbatan  yuqori.  Misr  fond 
bozorining  o‘rtacha  kvadrat  og‘ishishi  S&P  indeksidan  3.1  barobar  katta,  lekin 
korrelyasiya  koeffitsenti  atigi  0.18  ni  tashkil  qiladi.  Bundan  ko‘rinadiki, 
Amerikalik  investor  uchun  Misrga  investitsiya  qilish  katta  risk  darajasiga  ega 
emas.  
Albatta, xorijiy investitsiyalar ichki bozordagidek xavfsizligini isbotlamaydi. 
Ammo,  u  bizga  doim  diversifikatsiya  qilinadigan  risk  bilan  bozor  riskini  ajratish 
kerakligini  eslatib  turishi  kerak.  Xorijiy  loyihalar  uchun  kapital  jalb  qilishning 
muqobil xarajatlari faqat bozor riskiga bog‘liq. 
Keling,  endi  masalaga  boshqa  tomondan  yondashamiz.  Faraz  qilaylik, 
shveysariya  farmatsevtika  kompaniyasi  Bazel  shahri  yaqinidagi  yangi  qurilajak 
fabrikaga  investitsiya  qilmoqchi.  Moliyaviy  menejer  shveysariya  frankida  pul 


156 
 
oqimlari  prognozini  tuzib,  uni  frankda  hisoblangan  diskont  stavkada  hisoblaydi. 
Madomiki  loyiha  riskka  ega  ekan,  kompaniya  shveysariya  frankidagi  foiz 
stavkadan ko‘ra yuqori daromad talab qiladi. SHu bilan birga loyihani o‘rtacha risk 
darajasini  kompaniyaning  SHveysariyadagi  boshqa  aktivlari  bilan  solishtiramiz. 
Loyihaning  kapital bahosini  hisoblashda  kompaniya  menejeri  AQSHlik hamkasbi 
qilgan ishni qiladi. 
17.1-jadval  

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish