“Moliya” kafedrasi


-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy  rejalashtirish



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy  rejalashtirish 
        
Reja: 
1.  Moliyaviy rejalashtirish 
2.  Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish 
3.  O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj 
4.  Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti 
5.  Aylanma kapitalni boshqarish 
6.  Likvidlik va kassa rejasini bajarish 
 
        1. Moliyaviy rejalashtirish  
 
 
Moliyaviy rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: reja tuzish, uni 
amalga  oshirish  va  erishilgan  natijalarni  inobatga  olgan  holda  tuzatish  kiritish. 
Moliyaviy  rejani  ishlab  chiqishda  firmaning  strategik  rejasi  asosiy  tayanch 
hisoblanadi.  Aynan  shu  reja  moliyaviy  rejalash-tirishning  asosiy  yo‘nalishini, 
biznesni  rivojlantirish  bo‘yicha  umumiy  vazifalarni  va  kompaniya  o‘sishi 
ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, firma o‘z biznesining qaysi 
yo‘nalishini  kengaytirishni,  qaysilarini  qisqartirishni  istashi  strategik  rejaga 
muvofiq  hal  etiladi  va  tegishli  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  muddatlari 
tayinlanadi. 
Moliyaviy rejalashtirishning yana bir muhim elementi rejalashtirish davrining 
davomiyligidir. Odatda, bu davr qanchalik uzoq bo‘lsa, moliyaviy reja shunchalik 
batafsil  bo‘lmaydi.  Besh  yillik  moliyaviy  rejalar,  odatda,  faqat  asosiy  bashorat 
qilinadigan  aktivlar  va  majburiyatlar,  tafsilot-larni  o‘z  ichiga  olmagan  moliyaviy 
natija to‘g‘risida hisobotlar va balans shakllarini o‘z ichiga oladi. Boshqa tarafdan, 
bir oyga tuzilgan moliyaviy rejaga, odatda, muayyan mahsulot liniyalari bo‘yicha 
daromadlar va xarajat-lar bashorati va bo‘lajak pul tushumlari hamda to‘lovlarning 
batafsil  istiqbolli  baholanishi  kiritiladi.  Aksariyat  hollarda,  ko‘p  yillik  rejalar  har 
yili, bir yilga tuzilgan reja esa har chorakda qayta ko‘rib chiqiladi. 


110 
 
Moliyaviy rejalashtirish sikli (jarayoni) bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.  Boshqaruv  xodimlari  firma  mahsulotiga  talab  darajasini  va  uning  bo‘lajak 
ishlab  chiqarish xarajatlari darajasini  belgilovchi  asosiy  tashqi omillar dinamikasi 
prognozini  tuzadi.  Tashqi  iqtisodiy  omillarga  kompaniya  o‘z  mahsulotlarini 
sotadigan bozorlardagi ishbilarmonlik faolligi darajasi, inflyatsiya darajasi, valyuta 
kurslari,  foiz  stavkalari  darajasi,  shuningdek  asosiy  raqib  firmalarning  ishlab 
chiqarish hajmlari va tovarlarining bahosi kiradi. 
2.  Ushbu  tashqi  omillar  va  bo‘lajak  investitsiya  xarajatlari,  ishlab  chiqarish 
hajmi,  marketing va ilmiy  tadqiqotlar hamda  dividend  to‘lash  bo‘yicha  xarajatlar 
borasidagi o‘zlarining dastlabki qarorlari asosida menejerlar firmaning daromadlari 
va  xarajatlari  hamda  pul  mablag‘lari  oqimlari  bo‘yicha  prognozini  tuzadilar. 
Shuningdek,  ular  kompaniyaning  tashqi  moliyalashtirish  manbalaridan  mablag‘ 
olishga bo‘lgan ehtimoldagi ehtiyojini ham belgilaydilar. Ular firma faoliyatining 
bo‘lajak  moliyaviy  ko‘rsatkichlari  aksiyadorlar  daromad  olishini  nazarda  tutib 
tuzilgan  dastlabki  strategik  rejaga  nechog‘lik  mosligini,  firmada  ushbu  rejani 
amalga  oshirish  uchun  moliyaviy  mablag‘  olish  imkoniyatini  bor  yoki  yo‘qligini 
tekshiradilar.  Agar  shu  ish  jarayonida  biror  bir  nomutanosiblik  aniqlansa, 
menejerlar  qabul  qilingan  qarorni  u  haqiqiy  amalga  oshiri-layotgan  rejaga  mos 
kelmaguncha  qayta  ko‘rib  chiqadilar  va  shu  oxirgi  reja  yil  davomida  firmaning 
joriy qarorlari uchun dasturga aylanadi. Bundan tashqari, amaliyotda biror prognoz 
noto‘g‘ri  bo‘lib  chiqishi  mumkinligini  oldindan  o‘ylab,  qo‘shimcha  rejalar  tuzib 
qo‘yish tartibi ham keng tarqalgan. 
3.  Tuzilgan  umumiy  reja  asosida  oliy  bo‘g‘in  rahbarlari  o‘zlari  va  o‘z  qo‘l 
ostidagilari  uchun  kelajakda  firma  samaradorligining  muayyan  ko‘rsat-kichlarini 
belgilab qo‘yadilar. 
4.  Amalda  erishilgan  firma  samaradorligi  darajasi  muntazam  baholab  boriladi 
(har  oyda  yoki  har  chorakda),  rejada  belgilab  qo‘yilgan  maqsadlar  bilan 
solishtiriladi va zarur bo‘lsa to‘g‘rilash choralari ko‘riladi. Yil davomida amaldagi 
ko‘rsatkichlar  rejalashtirilgan  ko‘rsatkichlardan  ancha  og‘ishsa  (farq  qilsa), 
boshqaruv  xodimlari  rejaning  o‘zini  ham  butunlay  o‘zgartirish  (to‘g‘rilash)lari 
mumkin. 
5.  Yil oxirida xodimlar rag‘batlantiriladi (mukofot yoki ish haqi oshirilishi) va 
rejalashtirish sikli (jarayoni) boshidan qayta boshlanadi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish