“Moliya” kafedrasi


-mavzu. Moliyaviy hisobotlarda moliyaviy



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

 
13-mavzu. Moliyaviy hisobotlarda moliyaviy 
koeffisiyentlardan foydalanish 
Reja: 
1.  Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi 
2.  Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar 
3.  Moliyaviy “dastak” samarasi 
 
        
1.  Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi 
 
Moliyaviy  hisob  va  buxgalteriya  hisobining  asosiy  prinsiplari  va  amaliy 
normalari  o‘rtasidagi  mavjud  farqqa  qaramay,  firmaning  moliyaviy  hisobotlarida 
uning  moliyaviy  ahvoli,  o‘tmishdagi  xo‘jalik  faoliyati  samaradorligi  to‘g‘risida 
ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga kompaniyaning bo‘lajak ishini tahlil qilish 
va  istiqbollarini  belgilashda,  albatta,  asqotadi.  Kompaniyaning  moliyaviy 
hisobotlari  asosida  kompaniya  faoliyatining  moliyaviy  natijalarini  tahlil  qilishda 
bir qator maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida 
turli  kompaniyalar  ko‘rsatkichlarini  yoki  bitta  kompaniyaning  turli  yillardagi 
ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin.  
Mazkur  koeffitsiyentlardan  foydalanib,  firma  faoliyati  samarador-ligining 
quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin: 
1.  Rentabellik (profitability); 
2.  Aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover); 
3.  O‘z  mablag‘i  yoki  qarz  olingan  mablag‘lardan  moliyalashtirish  yoki 
moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage); 


102 
 
4.  Likvidlik (liquidity); 
5.  Bozor qiymati (bahosi) (market value). 
1-jadvalda  (navbatdagi  betga  qarang)  ushbu  koeffitsiyentlarning  barchasi  va 
“XYZ” korporatsiyasi uchun ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan. 
Jadvalda  birinchi  bo‘lib,  rentabellik  (yoki  daromadlilik)  koeffi-tsiyenti 
keltirilgan.  Tahlil  davomida  firma  sotish  rentabelligi  koeffi-tsiyentini  (return  on 
sales),  uning  aktivlari  rentabelligi  (return  on  assets)  yoki  kapital  daromadliligini 
(return  on  equity)  aniqlash  mumkin.  Birinchi  va  ikkinchi  holatda  foyda 
ko‘rsatkichi  sifatida  foizlar  va  soliqlarni  to‘lashdan  oldingi  korporatsiya  foydasi 
olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda 
olinadi.  Bundan  tashqari,  agar  moliyaviy  koeffitsiyentni  hisoblab  chiqish  uchun 
asos  bo‘ladigan  bitta  ko‘rsatkich  kompaniya  faoliyatining  moliyaviy  natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi. Ikkinchi 
komponent  esa  balansdan  olinadi  va  kompaniyaning  ma’lum  vaqtdagi  moliyaviy 
ahvolini  aks  ettirsa,  u  holda,  odatda,  yil  oxiri  va  yil  boshidagi  balans 
ko‘rsatkichlarining  o‘rtacha  arifmetik  soni  (qiymati)  hisoblab  chiqa-riladi  va  bu 
son maxraj sifatida ishlatiladi. 
Bundan  keyin  jadvalda  aktivlar  aylanuvchanligi  koeffitsiyenti  keladi.  Ular 
yordamida  firma  daromad  olish  maqsadida  o‘z  aktivlaridan  qanchalik  samarali 
foydalanayotganini  aniqlash  mumkin.  Aktivlar  aylanuvchanligi  –  bu  umumiy 
mezon. 
Debitorlik 
qarzi 
aylanuvchanligi 
va 
tovar-moddiy 
zaxiralar 
aylanuvchanligi  esa  tegishli  toifadagi  aktivlarni  baholash  uchun  qo‘llaniladigan 
maxsus mezonlardir.  
Keyin jadvalda moliyaviy “dastak” koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular 
firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi darajasini aks 
ettiradi.  Qarzdorlik  koeffitsiyenti  kapital  tuzilmasini  o‘lchashga  xizmat  qiladi. 
Foizlarni  qoplash  koeffitsiyenti  yordamida  esa  firmaning  foiz  to‘lovlari  bo‘yicha 
xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.  
            13.1-jadvaldagi  to‘rtinchi  guruh 
koeffitsiyentlari  likvidlik  koeffi-
tsiyentlaridan  tashkil  topgan.  Bu  koeffitsiyentlar  firma  o‘zining  qisqa  muddatli 
majburiyatlari  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  qoplashga,  yoki  o‘z  hisob  varaqlari 
bo‘yicha  to‘lashga  va  shundan  keyin  to‘lovga  qodir  bo‘lib  qolishini  baholash 
uchun  ishlatiladi.  Likvidlik  darajasini  baholashga  xizmat  qiladigan  asosiy 
koeffitsiyentlar – bu joriy likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan 
kritik  baholash  koeffitsiyentlari  (yoki  lakmus  qog‘oz  koeffitsiyenti)  bo‘lib,  ular 
yordamida  eng  yuqori  likvidlikka  ega  aylanma  aktivlar:  pul  mablag‘lari  va  bozor 
qimmatli qog‘ozlari baholanadi.  


103 
 
13.1-jadval. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish