“Moliya” kafedrasi


Kabm  modelini  amaliyotga  tadbiq  etish  masalalari



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Kabm  modelini  amaliyotga  tadbiq  etish  masalalari  KABM  modelining 
kompaniyaning  ulushli  kapitali  bahosini  hisoblashda  2  asosiy  afzalliklari  mavjud. 
Birinchidan,  model  sodda  qo‘llash  uchun  ham,  tushunish  uchun    ham  juda  oson. 
Modelning o‘zgaruvchilari ommaviy manbalarda kichik xususiy firmalardan tortib 
barcha kompaniyalar uchun beta koeffitsiyentini ehtimoliy hisob-kitoblari mavjud. 
Ikkinchidan,  model  dividendlarga,  ularning  o‘sish  darajalari  to‘g‘risidagi 
farazlarga asoslanmaydi, shunday ekan model hozirda dividend to‘lay olmayotgan 
kompaniyalar  yoki  dividendlarning  o‘zgarmas  o‘sish  darajasini  namoyon 
etmayotgan  kompaniyalar  uchun  ham  tadbiq  etilishi  mumkin.  Albatta,  KABM 
modelidan foydalanganda 3 o‘zgaruvchini  –  
β va ( topishimiz zarur. Uni 
amaliyotda bir tahlil qilib ko‘raylik. Birinchidan, tahlilchida risksiz darajani 
ni 
topish  uchun  AQSH  G‘aznachilik  obligatsiyalarining  juda  ko‘p  turlari  mavjud. 
G‘aznachilik  qimmatli  qog‘ozlari  30  kundan  20  yilgacha  amal  qilish  muddatiga 
ega  turlari  doimo  mavjud.  Ammo  KABM  modelida  qaysi  turidan  foydalanish 
mumkinligi haqida aniq ko‘rsatma berilmagan. Modelga ko‘ra, bitta risksiz daraja 
mavjud va u bir davrli qaytimga ega bo‘ladi (shunga qaramay, davr muddati aniq 
berilmagan).  Shunday  ekan,  risksiz  daraja  uchun  qaysi  muddatni  tanlash  bizning 
ixtiyorimizda.  Uzoq  muddatli  kapital  xarajatlar  bilan  bog‘liq  qarorlarning  kapital 
bahosini  hisoblaganda  taqqoslash  mumkin  bo‘lgan  davrning  risksiz  darajasini 
olgan  maqulroq.  Natijada  20  yil  davomida  qaytim  beradigan  investitsion 
loyihalarning  kapital  bahosini  hisoblaganda  asos  bo‘lib,  shu  muddatli  AQSH 
G‘aznachilik  obligatsiyalarining  risksiz  darajasidan  foydalangan  ma’qul. 
Ikkinchidan,  β  koeffitsiyentining  har  bir  qimmatli  qog‘oz  uchun  hisoblanishi 
investitsion  maslahat  xizmatlarida,  Merrill  Lynch,  Value  Line  va  boshqalar, 
mavjud.  Bir  vaqtning  o‘zida  o‘tgan  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  umumiy 
indekslari  (Standard  and  Poor’s  500  indeksi)  ma’lumotlari  va  qimmatli 
qog‘ozlarning  beta  koeffitsiyenti,  ya’ni  2  qaytim  turlari  orasidagi  bog‘liqlik  (6-
bobda  keltirilgandek)  dan  foydalanamiz.  Beta  koeffitsiyenti  hisob-kitobi  ko‘plab 
ochiq obunada savdo qiluvchi firmalarda mavjud ekan, tahlilchilar betaning nashr 
etilgan manbalaridan foydalanadi. 
Uchinchidan,  bozor-risk  mukofoti  o‘tgan  davrdagi  qimmatli  qog‘ozlarning 
foizning risksiz darajasida daromad va mukofotlarning nisbatiga qarab hisoblanishi 
mumkin.  Biz  6-bobdagi  6-2-rasmda  risksiz  qimmatli  qog‘ozlar  va  oddiy 


184 
 
aksiyalardan o‘tgan qaytimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edik. O‘rtacha 70 yil 
davomida uzoq muddatli davrda oddiy aksiyalar davlat obligatsiyalariga qaraganda 
taxminan 5.5% yuqori daromad keltirgan. KABM modeli orqali investorning talab 
etilgan  daromad  darajasini  topish  uchun  bozor-risk  mukofotini  ) 
hisoblaganimizda shu hisob-kitoblardan foydalanamiz. 
Tarixiy  o‘rtacha  bozor-risk  mukofotidan  tashqari  iqtisodchi  mutaxassislarning 
kelgusi  mukofotlar  haqidagi  fikrlariga  tayanishimiz  mumkin
111
.  Masalan  Yale 
univesiteti  iqtisodchisi  tomonidan  1998-yilda  o‘tkazilgan  ilmiy  izlanishiga  ko‘ra, 
o‘rtacha bozor-risk mukofoti darajasi barcha izlanish ishtirokchilari uchun 7% ga 
teng bo‘lgan. Ilmiy izlanish 2000-yilda takroriy o‘tkazilganda bozor-risk mukofoti 
5% ga tushib qolgan. Bu natijalar 2 narsaga ishora qiladi. Birinchidan, bozor-risk 
mukofoti  o‘zgarmas  emas.  U  umumiy  biznes  sikli  davomida  o‘zgarib  turadi. 
Shuningdek, KABM modelida kapital bahosini hisoblashda bozor-risk mukofotini 
5 va 7 % o‘rtasida deb olish maqsadga muvofiq.  

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish