“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

5-nazorat uchun savol 
         Faraz  qilaylik,  risksiz  yillik  nominal  foiz  stavkasi  g‘aznachilik  veksellari 
bo‘yicha 6%ni, bashorat
 
qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 3%ni tashkil etadi. 
Bunday  g‘aznachilik  veksellari  bo‘yicha  kutilayotgan  daromadlilikning  real 
stavkasi qanday bo‘ladi? Nima uchun real ko‘rinishda ular riskli hisoblanadi? 
 
Qo‘yilgan (joylashtirilgan) mablag‘larni qadrsizlanish riskidan himoya qilish 
uchun  foiz  stavkalarini
 
real  tovar  va  xizmatlar  yordamida  ko‘rsatish  mumkin. 
Masalan,  belgilangan  daromadli  qaysidir  bir  vosita  uchun  hisoblanadigan  birlik 
sifatida  biror  bir  tovarni  ko‘rsatish  mumkin.  Buyuk  Britaniya  hukumati 
indeksatsiyalangan  obligatsiyalarni  (index-linked  bonds)  1981  yildan,  AQSh 
G‘aznachiligi  esa  1997  yil  yanvar  oyidan  muomalaga  chiqardi.  Oxirgilari  TIPS 
(Treasury  Inflation  Protected  Securities  —  inflyatsiyadan  himoyalangan 
g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari) deb nom olgan. Bu obligatsiyalar bo‘yicha foiz 
stavkasi risksiz real stavkadir. 1998 yilning sentabr oyida esa AQSh G‘aznachiligi 
tomonidan  Series  I  Saving  Bond,  yoki  I  Bond  deb  nomlangan  inflyatsiyadan 
himoyalangan  yangi  turdagi  qo‘shimcha  jamg‘arma  obligatsiyalari  emissiya
59
 
qilindi.  
I Bond – yangi turdagi obligatsiyalar bo‘lib, o‘z investitsiyalarining real xarid 
qobiliyatini  himoya  qilishga  va  daromadlilikning  kafolatli  real  stavkasini  olishga 
harakat qiluvchi investorlar uchun ishlab chiqarilgan. I Bond – daromadlilik hisob-
kitobi  o‘stirish  prinsipiga  asoslangan  qimmatli  qog‘ozlardir.  Bu  –  obligatsiyalar 
bo‘yicha  foizlar  oyma-oy  hisoblab  boriladi,  deganidir.  I  Bond  obligatsiyalari 
nominal  bahoda  muomalaga  chiqariladi  –  bu  degani  sotib  oluvchi  50  dollarlik 
obligatsiyaga  50  dollar  to‘laydi  va  30  yil  davomida  ularning  bahosi  foizlarni 
indeksatsiyalash hisobiga oshib boradi. 
AQSh G‘aznachiligi tomonidan I Bond obligatsiyalarini chiqarishning qanday 
sababi bor? 
 AQSh  G‘aznachiligi  amerikaliklarning  kelajak  uchun  omonat  (jam-g‘arma) 
qilishlarini  rag‘batlantirish  uchun  yangi  turdagi  obligatsiyalarni  chiqardi. 
G‘aznachilik  investorlarga  har  yarim  yilda  narxlar  o‘sishini  hisobga  olgan  holda 
to‘g‘rilanadigan  belgilangan  foiz  stavkali  obliga-tsiyalarni  taklif  qiladi.  Bu  esa 
qo‘yilgan mablag‘larning xarid qobiliyatini himoya qiladi. 
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi qanday belgi-lanadi? 
                                                           
59
 “Emissiya” lotincha “emissio” – chiqarish. Pul va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish. Qarang: o‘sha 
manba. J.V. - B.37. 


68 
 
I  Bond  obligatsiyalari  bo‘yicha  daromadlilik  stavkasi  ikki  alohida 
stavkalarning: belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyatsiyaga teng 
o‘zgaruvchi  stavka  kombinatsiyasidan  iborat.  Belgilangan  stavka  obligatsiyaning 
muomalada bo‘lgan davrida o‘zgarishsiz bo‘ladi. Inflyatsiya darajasiga bog‘langan 
o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyatsiya darajasi 
hamda  I  Bond  bo‘yicha  belgilangan  stavkaning  yig‘indisi  ushbu  obligatsiyalar 
bo‘yicha  daromadlilik  stavkasi  keyingi  6  oy  davomida  qanday  bo‘lishini 
ko‘rsatadi. 
        I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday? 

  I  Bond  obligatsiyalari  omonat  o‘lchamining  juda  keng  doirasiga  ega;  Siz 
ularga  jami  50  dollar  yoki  yiliga  30  000  dollar  investitsiya  qili-shingiz 
mumkin; 

  I  Bond  obligatsiyalari  ishonchlidir,  zero,  ular  G‘aznachilikning  qimmatli 
qog‘ozlari  hisoblanib,  AQSh  hukumati  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanadi  va 
kafolatlanadi; 

  I  Bond  obligatsiyalari  soliq  afzalliklariga  ega.  Siz  o‘z  daromad-laringizdan 
soliq  to‘lash  muhlatini  30  yilga  uzaytirishingiz  mum-kin,  va  bundan 
tashqari,  bu  obligatsiyalar  ma’muriy  hudud
 
(shtat)lar  va  mahalliy  daromad 
solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan; 

  I Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi, 
foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi; 

  I Bonds obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy 
o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin. 
Endi  inflyatsiya  sur’atini  hisobga  olgan  holda  indekslangan  (TIPS) 
obligatsiyalar  qanday  faoliyat  ko‘rsatayotganligini  yaxshiroq  tushunish  uchun, 
keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz. 
Faraz  qilaylik,  ular  bo‘yicha  real  kafolatlangan  yillik  3%lik  foiz  stavkasi 
taklif  qilinmoqda.  Daromadlilikning  dollarli  nominal  stavka-sini,  u  inflyatsiya 
sur’atiga  bog‘liq  bo‘lganligi  sababli,  oldindan  aniq  aytib  berishning  iloji  yo‘q. 
Agar  inflyatsiya  darajasi  atigi 2%  bo‘lsa, unda daromadlilikning  yakuniy  dollarli 
nominal  stavkasi  5%  atrofini  tashkil  etadi;  10%lik  inflyatsiya  darajasida  esa 
daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.  
Yuqorida  aytilganlarni  jamlagan  holda,  foiz  stavkasi  va’da  qilingan 
daromadlilik  stavkasi  hisoblanishini  eslatib  o‘tamiz.  Ko‘pchilik  obliga-tsiyalar  u 
yoki  bu  valyutada  ifodalangan  foiz  stavkasini  taklif  qilishlari  sababli,  ularning 
iste’mol  tovarlari  narxlarining  dinamikasini  hisobga  olgan  holdagi  real 
daromadlilik  stavkasi  –  noaniq  ko‘rsatkich  bo‘ladi.  Agar  inflyatsiyani  hisobga 
olgan  holda  indeksatsiyalanadigan  obligatsiyalar  haqida  gapiradigan  bo‘lsak, 
mazkur  holatda  foiz  stavkasi  iste’mol  savatiga  kiruvchi  aniq  tovarlar  narxini 
hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu savatni hisobga olgan holda, foiz 
stavkasi risksiz, kafolatlangan real stavka hisoblanadi. 
 
 


69 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish