Yoshga doir pensiya-shunday pensiyaki, u fuqaroning ma’lum yoshga yetganida, tegishli ish stajiga ega bo‘lganida tayinlanadi. Shunday qilib, yosh va
staj, ya’ni ikkita shart bu tur pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqni belgilab beradi. Bunda boshqa holatlar muhim ahamiyatga ega emas. Yoshga doir pensiya — bu ko‘p yillik mehnatning mantiqiy samarasi hisoblanadi. Bunday pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun ishlash, xizmat qilish kerak albatta. Yoshga doir pensiya umumiy asoslarda — erkaklar 60 yoshga to‘lganlarida va kamida 25 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida, ayollar 55 yoshga to‘lganlarida va kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |