O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tasnifi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish deganda, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’naltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim. Ijtimoiy muhofaza qilish bir tomondan, funksional tizim, ya'ni yo'nalishlar tizimi bo'lib, u ana shu yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy muhofazani ta'minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo'lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy muhofazalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub'ektlarining roli va vazifalarini o'zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy muhofazaga ajratiladigan byudjet mablag'lari salmog'ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko'proq og'irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug'dirib, ularning ijtimoiy muhofaza bo'yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog'lab qo'yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun'iy ravishda tutib turish, shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilishning barcha yo'nalishlari bo'yicha dotatsiyalarni oshirishni ko'zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko'rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo'llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin, aholini ijtimoiy ta'minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta'minot pensiya ta'minoti, nafaqalar bilan ta'minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat
ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Ikkinchi yo'nalish esa jamiyatning bir me'yorda rivojlanishini, ya'ni sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va sog'lomlashtirish, shuningdek, turarjoyga ega bo'lish huquqini ta'minlash bilan bog'liq.
Mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosiy dasturi asosida pensiyalar miqdorini va pensionerlar sonini oshib borishi asosida pensiya ta`minotiga sarflanadigan mablag`larning miqdori yanada oshishi kuzatiladi.
Mamlakatimizda davlat pensiyalari va kafolatlar minimal miqdorini keyingi yillarda oshib borishi 1- jadvalda berilgan.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |