Moliya instituti moliya fanidan mustaqil ish



Download 26,91 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi26,91 Kb.
#552911

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FANIDAN

MUSTAQIL ISH
MOLIYAVIY HISOBOT: MAZMUNI, FUNKTSIYALARI
VA TURLARI MAVZUSIDA

Guruh: Mmc-65
Bajardi: Abdullayev Abdulaziz
Abdusattor ogli
Qabul qildi: ________________

Toshkent – 2022

  1. Moliyaviy hisobot mazmuni,funktsiyalari.

“Moliya” fanining predmeti va obyekti “Moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy sharoitda moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering:
faoliyatimiz davomida vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi?
Ularning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari qanday?
Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...?
Ular diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda?
Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi?
Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi?
Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi?
Boshimizni har toshga urmayapmizmi?
Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi?
Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim. Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Moliya” fani quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:  vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimallashtirish;  aktivlar qiymatini baholash;  portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Moliya”ning mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element larning yadrosi qator tub qonunlar va prinsiplardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi. “Moliya” fanining nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:
1. “Moliya” fanining ta’rifi nimalardan iborat?
2. Nima uchun “Moliya” fanini o‘rganish kerak?
3. “moliya” fani olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” kuchlar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qanday turli ko‘rinishlari mavjud? Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. “Moliya” fani ta’rifi va uni o‘rganishning zarurligi;
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Moliya”ning fundamental asos (masala)lari. Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga moliya deyiladi. Demak, “Moliya” shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirimlar va chiqimlar:
a) vaqt oralig‘ida tarqatilgan;
b) odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.
“Moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyimkechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan. “Moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talabalarga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
Misol uchun, mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqichlarida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
“Moliya” fanining obyekti. Moliya sohasi va moliya sohasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar “Moliya” fanining obyekti hisoblandi. “Moliya” fanining predmeti. Moliya sohasida vujudga kelgan va keladigan turli moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni hamda ularning nazariyhuquqiy asoslari “Moliya” fanining predmeti bo’lib hisoblandi. “Moliya” fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy hisobotlar, moliyaviy riskalar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, davlat byudjeti, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, davlat krediti, ijtimoiy himoya, sug‘urta va xalqaro moliya munosabatlari kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi Fanining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:
– talabalarga “Moliya” fanining predmeti, obyekti va boshqa fanlar bilan aloqadorligi, moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi, moliyaviy qarorlar, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv haqida tasavvur ega bo’lishiga yordamlashish,
– talabalarga moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat, moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari, ijtimoiy ta’minot, xalqaro moliya munosabatlari, moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini bilishi va ulardan foydalana olishni o’rgatish;
– talabalarga davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjetlararo munosabatlar, sug‘urta munosabatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llashni o’rgatish.
2. “Moliya” fanini o’rganishning zarurligi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi “Moliya” fanini o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz?
Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi?
Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankdagi hisob varag‘ida saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fondga qo‘yishingiz to‘g‘ri bo‘ladimi?
Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish kerak?
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshimi?
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi?
Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nimalarni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Moliya”ni o‘rganmasdan ham topib bo’lmaydi. “Moliya” fanini o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Ularni quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo’llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini taqozo eta boshladi.
Xuddi shu holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi. Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud:
 maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
 biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);
 moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida).
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir . Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q . Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “финансы” va hokozo shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XV asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi5 . Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida o’rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun va mohiyati prinsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib etilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar: 1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohishixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin emasday tuyular edi.
XVI –XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki bergan. To’g’ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay olmadi. Lekin shunday bo’lsa-da, qirolning hokimiyatini ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi sharoitda xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-nasi o’rniga davlat byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan inqilobiy o’zgarishlardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf etish sohasida yuz bergan bunday o’zgarishlar dunyoning juda ko’p davlatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda ommalash-maganligini e’tirof etish zarur.
O‘z taraqqiyoti davrida kapitalistik tuzumni bosib o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq egasi bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal bo’lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi.
2. Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi. Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq xarajatlar moddalarining hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan yo’nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subyektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi.
Download 26,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish