Moliya instituti I. Ochilov


Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish



Download 322,98 Kb.
bet54/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish

Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi ularning ishlab chiqarish zahiralari inventarizatsiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMA va

«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAlar bilan tartibga solinadi.
Inventarizatsiyadan ko’zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish zahiralarining natura va qiymat ko’rinishida amalda mavjud ekanligini aniqlashdan iborat. Inventarizatsiya qilish natijasida boyliklarning to’g’ri saqlanishi va berilishi, tarozi va o’lchov asboblarining holati, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini, ularni saqlash shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun inventarizatsiyalar o’rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab inventarizatsiyalash o’tkazilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:


  • korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog’ida;

  • tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganida;

  • moddiy javobgar shaxs o’zgarganida;

  • talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog’liq faktlar aniqlanganida;

  • yong’in yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganida;

  • korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.

Tekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan, o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan yoki to’satdan o’tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo’linishi mumkin.


Inventarizatsiyani o’tkazishga korxona rahbari va bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish inventarizatsiya qiluvchi ishchi komissiyalar tomonidan moddiy javobgar shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Inventarlash davrida moddiy boyliklarning mavjudligi tarozida tortish, o’lchash usuli bilan aniqlanadi va ro’yxatda rasmiylashtiriladi. Ro’yxatni moddiy javobgar shaxs imzolaydi.
Inventarizatsiya qilish natijasida materiallar bo’yicha hujjatlardagi ma’lumotlar va haqiqiy qoldiqlar orasidagi farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan haqiqiy mavjud mulk va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o’rtasidagi tafovutlar quyidagicha aks ettiriladi:
Masalan, «Bobur» hissadorlik jamiyatida hisobot yilida 24000 so’mlik material kamomadi aniqlandi va u aybdor shaxs topilmaganligi sababli davr xarajatlariga o’tkazildi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:


  • Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi:

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 24000 so’m K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 24000 so’m.



  • Kamomad summasi davr xarajatlariga o’tkazildi:

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 24000 so’m


K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 24000 so’m.
Korxona aybdor shaxslardan kamomadni haqiqiy narxda emas, balki hozirgi davrdagi bozor narxlarida undirish huquqiga ega. Masalan, korxona omborida 5000 so’mlik material kamomadi aniqlandi va 8000 so’m qiymatda aybdor shaxsdan undirib olindi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:


  • Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi;

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 5000 so’m K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 5000 so’m.

  • Moddiy javobgar shaxsdan ushlab qolinadigan summa;

D-t 4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari» - 8000 so’m.


K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 8000 so’m


  • Moddiy boyliklarni undirishdan daromad aniqlandi - (8000 - 5000) = 3000 so’m;

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 3000 so’m K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» - 3000 so’m.

Ishlab chiqarish zahiralarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko’rsatmasi bo’yicha tegishli ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkaziladi.
Aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklar bo’yicha ko’rilgan zararlar foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ning 1-ilovasiga binoan kiritiladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».


Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish