Moliya instituti I. Ochilov


Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish



Download 322,98 Kb.
bet22/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish

Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning fizik xossa va sifatlari yo’qolib boradi. Ularni tiklash uchun korxona ta’mirlash ishlarini o’tkazishi mumkin.


Asosiy vositalar ta’mirining ikki turi mavjud:


  1. Kapital ta’mir;

  2. Joriy ta’mir.

Bir yildan ortiq muddatda o’tkaziladigan mashina va jihozlar ta’miri kapital ta’mir hisoblanadi. Bu ta’mirda agregatni qismlarga ajratish, barcha eskirgan detal qismlarni almashtirish yoki tiklash, yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi.


Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashda eskirgan konstruktsiya va detallar ta’mirlanadigan ob’ektlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilaydigan yangilari yoki mustahkamroq va tejamliroqlari bilan almashtiriladi.
Kapital ta’mirda mashina va jihozlar uzoq muddatga to’xtatib qo’yilishi mumkin.
Joriy ta’mir bir yildan kam muddat ichida o’tkaziladi hamda mashina va jihozlarni uzoq muddatga to’xtatib qo’yish bilan bog’liq emas.
Ta’mir ishlari boshlanishiga qadar nuqsonlar qaydnomasi asosida tuziladigan smetalarga muvofiq har bir ob’ekt bo’yicha normativ xarajatlar miqdori aniqlanadi. Smetada ta’mirning barcha turlari uchun xarajatlar aniq bir jihoz turini ta’mirlashning mehnattalabligini tavsiflaydigan murakkablik birligiga to’g’ri keladigan normativlar bo’yicha yoki ularning turi hamda rejalashtirilgan ish hajmi bo’yicha xarajatlar me’yorlari asosida hisoblab chiqariladi.
Korxona asosiy vositalarini ta’mirlash pudrat yoki xo’jalik usulida bajarilishi mumkin.
Pudrat usulida bajarilganda korxona ta’mirlash - qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.
Xo’jalik usulida esa ta’mir o’z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta’mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi. Buning uchun esa korxonada maxsus zahira tashkil etiladi. Zahira O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zahira summasi korxonaning o’zi mustaqil belgilaydigan normativ miqdorda har oyda mahsulot tannarxiga o’tkazilib boradi. Normativ 5 yil muddatga qat’iy belgilangan summada yoki asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foizlarda ishlab chiqilishi kerak.
Zahira summasi buxgalteriya hisobida 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi» hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq passiv bo’lib, u bo’yicha saldo ta’mir ishlarida foydalanilmagan zahira summasini aks ettiradi. Debet bo’yicha oborot - zahiradan ta’mir ishlarini bajarish bilan bog’liq ish va xizmatlar haqini to’lashda foydalanishni, kredit bo’yicha oborot esa - korxona xarajatlariga kiritish hisobiga har oyda yaratiladigan zahira summasini tavsiflaydi.

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zahira tashkil etilganida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:


D-t - Ishlab chiqarish xarajatlar hisobvaraqlari
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi». Ta’mirlash uchun xarajatlar qilinsa quyidagicha yozuv qilinadi:

D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi» K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»

K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».


    1. Download 322,98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish