Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
Amortizatsiya asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko’chirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir.
Asosiy vositaning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan qiymat o’rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
Asosiy vositaning eskirishi bilan amortizatsiya o’rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo’qotish jarayonini aks ettiradi.
Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo’lib, iste’mol qilingan asosiy vositalar qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulot tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazish, iste’mol qilingan asosiy vositalarning o’rnini qoplash maqsadida pul fondini jamg’arish jarayonini aks ettiradi. Demak, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo’ladi:
Jismoniy eskirish;
Ma’naviy eskirish.
Jismoniy eskirish deb, asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o’zgarishlar (zanglash, chirish) sodir bo’lganda boshlang’ich holatining yo’qolishiga aytiladi. Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham, ular foydalanmayotgan hollarda ham sodir bo’lishi mumkin.
Asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi deb, ularning texnikaviy tavsifi hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, ya’ni haqiqatdan orqada qolishiga aytiladi. Ma’naviy eskirish ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisi - shu kabi asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishning arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi bo’lsa, ikkinchisi - yangi va ilg’orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnikaviy jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi.
Umuman olganda, asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy maqsadi bu turdagi aktivlarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishdir.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:
Asosiy vositalar guruhlari
|
Amortizatsiya normasi
|
1. Engil avtomobillar, taksi, yo’llarda foydalaniladigan avtotraktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihozlar, kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
|
20 foiz
|
2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar, sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish korxonasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo’jalik mashinalari va uskunalari, ofis uchun mebel
|
15 foiz
|
3. Temir yo’l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari, kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: issiqlik-texnika uskunalari, turbina uskunalari, elektrdvigatellari va dizel generatorlar, elektr uzatish va aloqa qurilmalari, truboprovodlar
|
8 foiz
|
4. Binolar, inshootlar va imoratlar
|
5 foiz
|
5. Boshqa guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar
|
10 foiz
|
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga hamda O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
Er;
Mahsuldor hayvonlar, buqa va ho’kizlar;
Kutubxona fondi;
Byudjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari;
Belgilangan tartibda konservatsiyaga o’tkazilgan asosiy vositalar;
To’liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
Uzoq muddatli ijara hollarida ijaraga olingan asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o’tkazadi. Qisqa muddatli ijarada amortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni qo’llash yo’li bilan amalga oshiriladi:
To’g’ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog’liq bo’ladi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffitsientining maxraji bo’lgan ob’ektning xizmat muddati yig’indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko’rsatiladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo’lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo’ladi.
To’g’ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash. To’g’ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko’zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo’lish yo’li bilan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |