Moliyaviy lizing hisobi. Moliyaviy lizing ob’ektlarni bir yildan ortiq muddatga, kelgusida sotib olish yoki qaytarib berish sharti bilan foydalanishga berishni ko’zda tutadi. Moliyaviy lizingning mohiyati mulkni bo’lib-bo’lib to’lash asosida sotib olishni ifodalaydi va tovar
krediti shakliga ega bo’ladi. Bunga lizing muddati davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to’liq qoplashga etarli bo’lgan va unga foyda keltirishni ta’minlaydigan lizing to’lovlari yig’indisini ko’zda tutgan kontraktlar kiradi.
Lizing to’lovi lizing ob’ekti qiymatini, mulkni sug’urtalash xarajatlarini va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o’z ichiga kiritgan summani tashkil etadi. Lizing oluvchi lizing mulkini aktiv tarkibida hisobga oladi, lizing bo’yicha qarzlar esa majburiyatlar deb hisoblanadi.
Lizing beruvchi kompaniyada lizing muomalalarini hisobga olish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing munosabatlarini qaror toptirishda lizing kompaniyalarining o’rni nihoyatda kattadir. Lizing kompaniyalari lizing mulkini sotib olish bilan bog’liq xarajatlarni 0800-
«Kapital qo’yilmalar» hisobvarag’ida aks ettiradi. Lizing mulkini sotib olish lizing kompaniyasining o’z mablag’lari va qarzga olingan mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Lizing kompaniyasining buxgalteriyasida lizing muomalalari quyidagicha aks ettiriladi:
lizing kompaniyasi lizing mulkini sotib oldi:
D-t 08-hisobvaraqning tegishli hisobvarag’i
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
sotib olingan asosiy vositalar qiymati to’landi:
D-t 6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
lizing ob’ekti asosiy vositalar tarkibiga kiritildi:
D-t 01-hisobvaraqning tegishli hisobvarag’i K-t 08-hisobvaraqning tegishli hisobvarag’i.
Lizing muomalalarini amalga oshirishda lizing beruvchi kompaniyada quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
moliyaviy lizing bo’yicha asosiy vositalar ob’ekti ijaraga berilganida shartnoma qiymatiga quyidagicha provodka beriladi:
lizing summasining joriy yilda olinadigan qismiga:
D-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar» K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»;
ijara muddatining kelgusi yillarida olinadigan qismiga:
D-t 0920-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar»
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi».
Moliyaviy lizing bo’yicha ijaraga berilgan ob’ektning balans qiymati hisobdan chiqarilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» K-t 01-Asosiy vositalarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlar.
QQS hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar».
Odatda lizing ob’ektining balans qiymati hamda uning lizing oluviga beriladigan shartnoma qiymati o’rtasida farq mavjud bo’ladi. Bu farq 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’ining kreditida saldo bo’lib qoladi. Ushbu saldo daromad hisoblanadi hamda u hisobdan chiqarilganida quyidagicha provodka beriladi:
joriy yilda daromadga o’tkaziladigan qismiga:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» K-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»-joriy qismiga;
ijara muddatining kelgusi yillarida daromadga o’tkaziladigan qismiga D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
K-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar». Ijara haqi olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Ijara haqi olinganidan so’ng moliyaviy lizing bo’yicha berilgan ob’ektning lizing oluvchi bilan kelishilgan qiymati va uning balans qiymati orasidagi farq summaning joriy qismi quyidagi provodka bilan daromadga o’tkaziladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi K-t 9550-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha daromadlar».
Lizing beruvchi har yilning boshida joriy yil bo’yicha olinadigan lizing to’lovlari summasiga quyidagicha provodka beradi:
olinadigan ijara haqi summasiga:
D-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar»
K-t 0920-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar»;
joriy yilda daromadga o’tkaziladigan qismiga:
D-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar» K-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi;
Ijara haqi olinganida quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Moliyaviy lizing bo’yicha berilgan ob’ektning lizing oluvchi bilan kelishilgan qiymati va uning balans qiymati orasidagi farq summaning joriy qismiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»-joriy qismi
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha daromadlar».
Moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra lizing oluvchilar ijaraga olingan mulkning qiymatidan 15% miqdorida o’z mablag’lari hisobidan bo’nak to’lashlari mumkin. Lizing beruvchining balansida olingan bo’nak summasiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 6390-«Boshqa olingan bo’naklar».
Bo’nak summasi to’lanadigan ijara haqi summasidan ushlab qolinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6390-«Boshqa olingan bo’naklar»
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Misol. Lizing kompaniyasi 5 yil muddatga transport vositasini keyinchalik sotib olish huquqi bilan «Bobur» kompaniyasiga berdi.
Transport vositasining balans qiymati - 1000000 so’m. Lizing bo’yicha shartnoma bahosi - 1600000 so’m.
Har yili sotish bahosidan to’lanadigan foiz 5%. Transport vositasining xizmat muddati - 10 yil. Hisoblangan QQS summasi 100000 so’m.
Lizing kompaniyasi transport vositasining shartnoma qiymatidan 15% - 240000 so’m bo’nak olgan. Shartnoma sharti bo’yicha bu bo’nak birinchi yilgi to’lanadigan ijara haqi summasidan ushlab qolinadi. Ushbu muomalalar lizing kompaniyasida quyidagicha aks ettiriladi:
lizing kompaniyasi transport vositasini mol yuboruvchilardan sotib oldi. Transport vositasining qiymati va sotib olish bilan bog’liq xarajatlar -1000000 so’m
D-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 1000000 so’m
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 1000000 so’m;
sotib olingan asosiy vositalar qiymati to’landi - 1000000 s:
D-t 6010-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 1000000 so’m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 1000000 so’m;
transport vositasi balansga qabul qilindi - 1000000 so’m:
D-t 0160-«Transport vositalari» - 1000000 so’m
K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 1000000 so’m;
transport vositasining shartnoma bahosidan 15% bo’nak olindi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 240000 so’m K-t 6390-«Boshqa olingan bo’naklar» - 240000 so’m;
transport vositasi shartnoma bo’yicha 5 yilga ijaraga berildi. Birinchi yili qaytariladigan ijara haqi summasi 320000 so’m. Qolgan 4 yil ichida qaytariladigan ijara haqi summasi - 1280000 so’m:
lizing summasining joriy yilda olinadigan qismiga:
D-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar» - 320000 so’m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 320000 so’m;
ijara muddatining qolgan 4 yil ichida olinadigan qismiga:
D-t 0920-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar» - 1280000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 1280000 so’m;
moliyaviy lizing bo’yicha ijaraga berilgan transport vositasining balans qiymati hisobdan chiqarildi - 1000000 so’m:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 1000000
so’m
K-t 0160-«Transport vositalari» - 1000000 so’m;
lizingga berilgan transport vositasining shartnoma qiymatidan QQS hisoblandi - 100000 so’m:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 100000
so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» - 100000 so’m;
transport vositasini ijaraga berishdan olingan daromad summasiga (9210- hisobvaraqning kredit qoldig’i):
Joriy yil daromadiga o’tkaziladigan summaga 100000 so’m (500000/5)
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 100000 so’m K-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi - 100000 so’m
ijara muddatining kelgusi 4 yil ichida daromadga o’tkaziladigan qismiga - 400000 so’m:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 400000 so’m K-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar» - 400000 so’m;
QQS summasi byudjetga o’tkazib berilganida - 100000 so’m:
D-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» - 100000 so’m K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 100000 so’m.
Foizlar qo’shilgan holda lizing bo’yicha har yili to’lanadigan summa quyidagicha topiladi:
Yillar
|
Asosiy qarz
|
Foiz stavkasi
|
To’lov muddati ichida to’lanadigan foiz summa
|
Muddati bo’yicha to’lanadigan asosiy qarz summasi
|
Foizlar bilan to’lanadigan asosiy qarz summasi
|
1
|
1600000
|
5
|
80000
|
320000
|
400000
|
2
|
1600000
|
5
|
80000
|
320000
|
400000
|
3
|
1600000
|
5
|
80000
|
320000
|
400000
|
4
|
1600000
|
5
|
80000
|
320000
|
400000
|
5
|
1600000
|
5
|
80000
|
320000
|
400000
|
Jami
|
|
|
400000
|
1600000
|
2000000
|
Ikkinchi yildan boshlab yil boshida joriy yilda olinadigan lizing to’lovlari summasiga moliyaviy lizing bo’yicha uzoq muddatli olinadigan to’lovlar summasi quyidagi provodka orqali kamaytirib boriladi:
D-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar» K-t 0920-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar».
Shu bilan birga lizing muomalasidan olingan daromadning beshdan bir qismiga 7290- hisobvaraq debetlanib, 6210-hisobvaraq kreditlanadi.
Hisobot davrida olinadigan ijara haqi summasi 320000 so’m, shundan olingan bo’nak summasi 240000 so’m ushlab qolindi. Qolgan 80000 so’m (320000 - 240000) hisob-kitob schyotiga o’tkazib berildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 80000 so’m
D-t 6390-«Boshqa olingan bo’naklar» - 240000 so’m
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar» - joriy qismi - 320000 so’m.
Lizing muomalasidan olingan daromadning beshdan bir qismi - 100000 so’m foydaga o’tkazildi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi – 100000 so’m K-t 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» - 100000 so’m.
moliyaviy lizing bo’yicha hisoblangan yillik foiz summasiga - 80000 so’m:
D-t 4830-«Olinadigan foizlar» - 80000 so’m
K-t 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» - 80000 so’m;
hisoblangan foiz summasi hisob-kitob schyotiga o’tkazib berildi 80000 so’m:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 80000 so’m K-t 4830-«Olinadigan foizlar» - 80000 so’m.
Yuqorida keltirib o’tilgan muomalalar lizing muddatining oxirigacha har yili takrorlanadi.
Lizing shartnomasiga binoan 5 yil muddatga ijaraga berilgan transport vositasi bo’yicha birinchi yildan so’ng 0920-hisobvaraqda keyingi 4 yil ichida olinadigan asosiy qarz summasi 1280000 so’mni tashkil etadi. Qolgan 4 yil ichida har yili 320000 so’mdan olib turilsa, ijara muddati oxirida 0920-hisobvaraqda qoldiq qolmaydi.
Ikkinchi yilda lizing kompaniyasining balansida sodir bo’ladigan muomalalar quyidagicha ko’rinish oladi:
ikkinchi yil boshida joriy yilda olinadigan lizing to’lovlari summasiga moliyaviy lizing bo’yicha uzoq muddatli olinadigan to’lovlar summasi kamaytiriladi – 320000 so’m:
D-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar»- joriy qismi – 320000 so’m
K-t 0920-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar» – 320000 so’m;
lizing muomalasi bo’yicha olinadigan daromadning beshdan bir qismi foydaga o’tkazildi – 100000 so’m:
D-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar» – 100000 so’m K-t 6230-«Muddati uzay\tirilgan daromad» – joriy qismi – 100000 so’m;
hisobot davrida olinadigan ijara haqi summasi hisob-kitob schyotiga o’tkazildi – 320000 so’m:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» – 320000 so’m
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar» – joriy qismi – 320000 so’m.
Lizing muomalasidan olingan daromadning beshdan bir qismi – 100000 so’m joriy yil foydasiga o’tkazildi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» – joriy qismi – 100000 so’m K-t 9550-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha daromadlar» – 100000 so’m;
moliyaviy lizing bo’yicha 2-yil uchun hisoblangan foiz summasiga- 80000 so’m:
D-t 4830-«Olinadigan foizlar» – 80000 so’m
K-t 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» – 80000 so’m;
ushbu foiz summasi hisob-kitob schyotiga o’tkazib berildi – 80000 so’m:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» – 80000 so’m K-t 4830-«Olinadigan foizlar» – 80000 so’m.
Keyingi yillarda ham lizing to’lovlarini hisoblash ushbu tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |