Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham mazmunan xar
tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi.
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin qo‘yidagi talablarga rioya etish zarurdir:
dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi:
dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi:
ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani:
dastlabki xujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi:
tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish:
buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish:
hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
YUqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, moliyaviy hisobot shakllari qo‘yidagilardan iborat:
Buxgalteriya balansi - 1 shakl
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl
Asosiy vositalar xarakati to‘g‘risida hisobot - 3 shakl
Pul oqimi to‘g‘risida hisobot - 4 shakl
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl
YUqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham korxonalar faoliyatini xar tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Demak, korxona faoliyati hisobot to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari xaqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirishini ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni sanab utdik. SHu talablarga javob berish uchun esa qo‘yidagi vazifalar bajarilmogi kerak.
Dastlabki hujjatlarni xar tomonlama tekshirish.
Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib chiqish.
Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks ettirilganda,
oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. YOzuvlarni aks ettirish talablari shundaki, siyohli, ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish zarur.
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni o‘zgartirish oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi.
YOzuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin.
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash mashinalari yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi.
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi.
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni xar bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan (kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schet-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |