Moliya instituti buxgalteriya hisobi fanidan mustaqil ish



Download 0,74 Mb.
bet7/10
Sana09.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#761933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliya instituti buxgalteriya hisobi fanidan mustaqil ish

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli.
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini xajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda
qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schetlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schetlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki xujjat ma’lumotlari Bosh daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin:

  1. Bosh daftar.

  2. Hisob ob’ektlari hisob vedomosti. Qaydnomalarlar analitik hisob registlari hisoblanadi.

Agar korxona hisob ob’ektlari hisob qaydnomalarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda qaydnomalar ma’lumotlari asosida yozib boriladi.
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki xujjat tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schetlar ko‘rsatiladi.
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari qo‘yidagilardan iborat.

  • yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;

  • hisob ishlari kamayadi;

  • qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi;

  • Sintetik schetlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi;

  • hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi.

YUqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular qo‘yidagilardan iborat.

  • Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi;

  • Kullaniladigan schetlar miqdori kupayishi, xato yozuvlar aks ettirilishi extimolini oshiradi;

  • hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta’minlamaydi.

Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki xujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondensiyalangan schetlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy ohirida xar bir schet bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi xisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak.
SHundan so‘ng, xar bir schet bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schetlarda debet tomonida, passiv schetlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir.
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi.
YUqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schetini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi jadvalli protsessor «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish