“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet88/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi. Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi bo’yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni tayinlash va to’lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo’lmagan, bugungi kunda 7 yildan kam ish staji mavjud bo’lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga etganlarida, ayollarga — 60 yoshga etganlarida tayinlanadi. Haq to’lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo’lgan boshqa shaxslar bo’lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda o’tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo’lmagan va yoshga doir nafaqa so’rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo’lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so’rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo’lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo’lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga tayinlanadi va to’lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo’qotilganda) Pensiya jamg’armasi bo’limlari yo’llanmalari bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK etti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani Pensiya jamg’armasi bo’limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa
manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo’lgan I guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan nafaqaga foiz nisbatida
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning 100 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi.

Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko’ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to’lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo’linadi.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish