jihatlari Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapitalning namoyon bo‘lish shakllari. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi va unga tegishli
bo‘lgan qiymatning uch funktsional shakllari. Iqtisodiy mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlarning tarkibi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning asosiy metodlari va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari. Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag‘larining manbalari.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi. Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYS moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko‘rsatkichi. Fond qaytimi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlari.
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Aylanma kapitalning bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinishi. Aylanma kapitalning funksiyalari va ularni amalga oshirish shakllari. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasi. Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar. Sof aylanma kapital. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
25-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligi
XYSlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash. “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari. Ularning farqli jihatlari. Ishlab chiqarish chiqimlarining guruhlanishi. Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar. Aniq bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan, qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari. Iqtisodiy elementlariga ko‘ra xarajatlarni guruhlarga ajratish va ularning tarkibi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlarning bo‘linishi. To‘g‘ri (bevosita) xarajatlar va egri (bilvosita) xarajatlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari. Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlarning bo‘linishi. Chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo‘llari.
26-mavzu. Moliya va korporativ siyosat
Korporativ siyosat. Korporativ siyosatni zarurligi. Korxonalarni korporativ siyosati. Qo‘shilish (birlashish)lar va “yutib yuborish”lar. Sotib olish. Qo‘shilish. Soliqlardan iqtisod qilish. Foydali birjaviy bitim. Aktivlarni berish. Real optsionlarga investitsiyalashtirish. Kompaniyalarni fond birjasidagi faoliyati. Mamlakatimizda korporativ boshqaruvni rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart- sharoitlar.
27-mavzu. Uy xo‘jaliklar moliyasi
Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi. Uy xo‘jaligining ta’rifi. Uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan xarakterli xususiyatlar. Uy xo‘jaliklari moliyasining har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi va uning moliyaviy ahamiyati. Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar.
28-mavzu. Sug‘urta
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati. Sug‘urta o‘ziga xos pul munosabatlarining yig‘indisi. Sug‘urtaning iqtisodiy kategoriya sifatida asoslanish tamoyillari. Sug‘urtaning funksiyalari. Sug‘urta shakllari. Mustaqillik yillarida sug‘urtaning maqsad va vazifalari tom ma’noda o‘zgarganligi. Tijoratga asoslanmagan sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari. Tijorat sug‘urtasi paydo bo‘lishining bosqichlari.
29-mavzu. Xalqaro moliya
Xalqaro moliya. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendentsiyalari. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar. XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotidagi asosiy tarkibiy tendensiyalar. Valyuta kursi va valyuta bozorlari. Valyuta kursining inflyatsiyani hisobga olishga ko‘ra almashuv kurslari. Xorijiy investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalar harakati.