“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Taqdim etilayotgan ta’minot turlari va xizmatlarning juda xilma-



Download 6,94 Mb.
bet83/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Taqdim etilayotgan ta’minot turlari va xizmatlarning juda xilma- xilligi prinsipi – bu pensiya va nafaqalar, ishga joylashtirish, sog’liqni mustahkamlash bo’yicha turli-tuman tadbirlar, kasallanishdan ogohlan-tirish, uning oldini olish va uni kamaytirish, nogironlar va qariyalarni internat-uylarga joylashtirish, moto-velokolyaskalar va avtomobillar bilan ta’minlash, pro- tezlashtirish va h.k.lar orqali namoyon bo’ladi.

  • Ijtimoiy ta’minotni boshqarish va tashkil qilishning demokratik xarakterdaligi prinsipi – bu ijtimoiy ta’minotning barcha masalalarini yechishda namoyon bo’ladi. Bunda kasaba uyushmalarining roli, ayniqsa, yuqoridir. Ularning vakillari pensiya tayinlash komissiyalarining ishida bevosita ishtirok etadi. Ma- halliy hokimiyat organlarining ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash bo’yicha doimiy komissiyalari ham mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti bo’yicha katta ishlarni amalga oshiradi.
    1. Davlat pensiyasi va jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti

    Aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha choralarning tarkibida davlat pensiyalari muhim o’rin egallaydi. Pensiya ta’minotining ijtimoiy ahamiyati shu bilan aniqlanadiki, hozirgi paytda O‘zbekistondagi ko’plab qariyalar, nogironlar va ularning oila a’zolari, boquvchisini yo’qotganlarning hayotiy muhim manfaatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
    Bozor munosabatlariga o’tilishi munosabati bilan davlat pensiya tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlarning daromadlari doimiy ravishda baholarning darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik bo’yicha (yoshga doir) pensiyaning o’rtacha miqdori hayotning yashash darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti bo’yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini
    barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda.
    Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya to’lanmalarini moliyalashtirishning jamg’ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish yotadi. Unga muvofiq ravishda pensiyalarning quyidagi uch darajasini o’rnatish ko’zda tutilmoqda:

    • jamg’ariladigan pensiyalar – yollanib ishlaydigan-larga beriladi, butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga nisbatan ajratmalar va bu ajratmalarni saqlab o’z oborotida foydalanganligi uchun ular tomonidan to’lanadigan foizlar hisobidan amalga oshiriladi;

    • ijtimoiy pensiyalar – o’zlariga pensiya to’lanma-larining to’lanishi uchun zarur bo’lgan mablag’larni jamg’armagan va hayot kechirish uchun zaruriy mablag’larga ega bo’lmagan shaxslarga umumiy soliqlar yoki majburiy ajratmalar hisobidan to’lanadi;

    • qo’shimcha pensiyalar – alohida toifadagi ish beruvchilardan undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda o’tkazilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.

    Sekin-astalik bilan, oxir-oqibatda, jamg’ariladigan pensiya pensiyaning asosiy ko’rinishiga (turiga) aylanmog’i lozim.
    Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq pensiyaning quyidagi turlari qo’llanilib kelinayapti:

    • yoshga doir pensiya;

    • nogironlik pensiyasi;

    • boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.


    Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish