Byudjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini nazarda tuta-digan hujjat bo’lib, ushbu yo’nalishlar asosida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjet-larining loyihalari shakllantiriladi.
Byudjetnoma o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozini;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’na-lishlari loyihasini;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlarining loyihasini;
davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlarni;
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’na-lishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini
Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazir-ligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masiga joriy yilning 15-sentyabrigaqadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun joriy yilning 20-sentyabrigaqadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga — O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15-oktyabridan kechiktirmay kiritiladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzishda:
mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi;
inflyatsiya darajasi;
aholining bandlik darajasi;
ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdan foydalanayotgan aholi soni hisobga olinadi.
Shuningdek, davlat byudjeti loyihasini tuzishda quyi-dagi turli usullardan foydalaniladi:
iqtisodiy tahlil usuli – bu usuldan foydalangan holda o’tgan yilgi davlat byudjetiningbajarilish darajasi aniqlanadi va joriy yil uchun davlat byudjetining bajarilish darajasi o’rnatiladi, farqlarning sabablari aniqlanadi;
normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning birligiga to’g’ri keluvchi moliyaviy xarajatlarning normativi yotadi. Natural birlikni normativga ko’paytirib har bir bosh taqsimlovchi, taqsimlovchi va davlat byudjeti tashkiloti bo’yicha mablag’ xarajatlarining summasi aniqlanadi.
ekstrapolyatsiya usuli – unga ko’ra oldingi yillarning hisobot ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko’rsatkichlar aniqlanadi va ular kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi.
Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash