“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Mahalliy budjetlardagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish



Download 6,94 Mb.
bet68/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Mahalliy budjetlarning mohiyati.
  • Mahalliy budjetlardagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish.

    1. Mahalliy byudjetlarning mohiyati

    So‘nggi o‘n yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish funktsiyalari tobora ko‘proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv organlariga o‘tib bormoqda. XX asrning so‘nggi yillariga kelib butun dunyoda davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi jadallashdi. Ko‘pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy tarkibiy qismi – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish bo‘lib, uning mohiyatini aholi qatlamlarining o‘zi ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari orqali boshqarishi tashkil qiladi. Xududiy vakillik va ijroiya organlariga yuklatilgan funktsiyalarni to‘laqonli bajarish uchun ular ma’lum darajada mulkiy va moliyaviy-byudjet huquqlariga egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi doirasida hududiy moliyaning o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda.
    Bizga ma’lumki, mahalliy moliya – O‘zbekiston Respublikasi mahalliy ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig‘indisi bo‘lib, mahalliy xo‘jalik ehtiyojlarini normal darajada ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
    Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish quroliga aylanib bormoqda.
    Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo‘g‘inlar kiradi:

    1. mahalliy byudjetlar;

    2. mahalliy mahsus fondlar;

    3. mahalliy korxonalar moliyasi.

    Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini mahalliy byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko‘p
    pog‘onali qayta taqsimlash mahsulini aholiga etkazishning muhim kanallaridan biridir. Mahalliy byudjetlardan ma’lum darajada mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari, hududni obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini ta’minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar xarajatlari moliyalashtiriladi.
    Mamlakat byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50 foizidan ko‘proq qismi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan umumdavlat mablag‘larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

    17-rasm. Mahalliy moliyaning vazifalari

    Mahalliy byudjetlar, Byudjet kodeksi”ga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o‘z ichiga oladi.
    Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.
    Mahalliy korxonalar moliyasi– Mahalliy (munitsipal) mulkka asoslangan, mahalliy hokimiyat bo‘ysinuvidagi, uni tarkorxonalar moliyasi bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

      • uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari

      • obodonlashtirish korxonalari

      • suv xo‘jaligi korxonalari

      • gaz, elektr, issiqlik ta’minoti korxonalari va boshq.

    Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

      • mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;

      • bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;

      • mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.

    Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjatdir. Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. Uzbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida maxalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib borishiga olib kelgan. Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital kuyilmalarini moliyalashtirish, 1994-yildan boshlab aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan harajatlar tarkibida maxalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi.
    Mahalliy byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo‘ladi. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
    Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi.
    Ularning tarkibiga o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi:

      • viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud-jeti, viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi;

      • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli bo‘lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi;

      • Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

    Quyida keltirilgan 18-rasmda O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi o‘z ifodasini topgan.


    O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti

    O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti


    Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari


    Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti
    Toshkent shahar mahalliy byudjeti
    Viloyatlar mahalliy byudjetlari


    Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti

    Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari


    Shahar byudjeti

    Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari


    Viloyat byudjeti

    Tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari





    18-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi

    Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.
    Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy

    byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo‘ladi85. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
    Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir86.
    Mahalliy byudjetlarning daromadlari tizimini ikki guruhga ajratish mumkin, ya’ni mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari tizimiga.

    Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish