“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet62/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining klassifikatsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini o’zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin:

  1. Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibiga Pensiya jamg’armasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxas-sislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va boshqalar kiradi;

  2. Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo’jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg’armasi va boshqalardan iborat.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari huquqiy maqomiga muvofiq ham klassifikatsiyalanadi. Odatda, ular federativ siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda 3 taga, unitar siyosiy tuzumga asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga bo’linadi. Jumladan, Federativ mamlakatlarda Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar quyidagilardan iborat:

  1. federal boshqaruv mulkida bo’lgan Davlat jamg’armalari;

  2. federatsiya tarkibida bo’lgan shtat, respublika, er, kantonlar va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg’armalar;

  3. mahalliy (munitsipal) boshqaruv va ixtiyorida bo’lgan mahalliy ahamiyat kasb etuvchi jamg’armalar.

Unitar siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda esa bu jamg’armalar:

  1. respublika tasarrufida bo’lgan jamg’armalardan va

  2. mahalliy hokimiyat ixtiyori va boshqaruvida bo’lgan jamg’armadan tashkil topadi.

Bundan tashqari dunyoning juda ko’p davlatlarida idoralar, vazirliklar va yirik xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida ham ko’plab jamg’armalar tashkil etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish va ularni davr talabidan kelib chiqqan holda davrga moslashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. 2002-moliya yiliga qadar Bunday jamg’armalarning alohida moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo’nalishlarda foy-dalanish keng qo’llanilib kelinar edi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari jamg’armalarda o’z vaqtida va to’liq moliyaviy resurslarni shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy resurslarda kechikish, uzilish hollari tez-tez uchray boshladi. Buning oldini olish maqsadida 2002-yildan boshlab umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo’lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, ularning muxtoriyatliligi to’liq saqlanib qolindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;

  4. O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi;

  5. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi;

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi);

  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi.

Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin.
2. Pensiya jamg’armasi

Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo’g’inlar ichida davlat byudjetidan keyin hajmi va iste’molchilarni qamrab olish ko’lami hamda ijtimoiy ahamiyati bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan markazlashgan jamg’armalardan biri bu byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 459-sonli qaroriga muvofiq asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan jamg’arma oldiga muayyan maqsad qo’yilgani bois, ushbu jamg’arma oldiga ham zarur maqsad qo’yildi. Jumladan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining bosh maqsadi – davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillash-tirish, daromadlarga mo’ljallangan majburiy badal, yig’im va ajratmalarni to’liq yig’ilishini ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora- tadbirlarini o’z vaqtida va to’liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi
2019-yil 1-yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida pensionerlar soni – 3485869 nafarni tashkil etdi. Shundan: 2618503 nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron pensionerlar 370626 nafar va boquvchisini yo’qotgan pensionerlar 173922 nafarni tashkil etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, o’z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tashkil etishga asos bo’ladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd etilgan qonunning 2-moddasida quyidagi ko’rinishdagi davlat pensiyalari zikr etilgan:

  • yoshga qarab;

  • nogironligi bo’yicha;

  • boquvchisini yo’qotganligiga ko’ra.

1995-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996-yil 1-yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko’rsatayotgan va ish bajarayotgan pensionerlar uchun mo’ljallangan, belgilangan pensiyaning 50% to’lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd etish joizki, ushbu tartib 2019-moliya yilidan boshlab bekor qilindi. Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga tenglashtirilganlar, 1-2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga ko’ra alohida kasb egalari bo’lgan (masalan, shifokor-pensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy gvardiya, milliy xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim muassasalari va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan pensionerlar, mahalla oqsoqoli va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi ishlayotgan barcha pensionerlar to’liq 100% miqdorda olinishi belgilandi81.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 14- yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya fondining O‘zbekiston jumhuriyat bo’limi tashkil etilgan. Ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sug’urta mablag’larining to’g’ri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1993-yil 4-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq, sobiq SSSR Pensiya fondining O‘zbekiston Respublika bo’limi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha, farzand tug’ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to’lashga yo’naltiriladigan davlat ijtimoiy sug’urta mablag’lari berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning to’liq kelib tushishi xamda davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha pensiya va nafaqalarni to’lashga xarajatlarni o’z vaqtida moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida tegishli xududiy bo’linmalari va bo’limlari





81 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2018- yil 12-dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni.
bo’lgan Pensiya jamg’armasi tashkil etilgan. Pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha majburiy badallar to’liq yig’ilishini ko’paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to’lashga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444- son qaroriga muvofiq, 2001-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)ga pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash va to’lash funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2004-yil 21-oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan, 2005-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to’liq hajmda to’lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
2005-moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, so’ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tasarrufiga o’tkazildi.
2004-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq
Pensiya jamg’armasi 2005-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tezkor muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direktsiya tasdiqlangan.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish