3. Byudjet normalari (mye’yorlari), xarajatlar
smetasi va byudjet krediti
Byudjet normalari (mye’yorlari). Byudjet mablag’larini sarf qilishning asosiy prinsipi ularning mо‘ljallanganligi va vaqt bо‘yicha qattiq ryeglamyentasiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir). Tashkilot smetada kо‘zda tutilmagan maqsadlarga pul mablag’laridan foydalanish huquqiga ega emas. Byudjet tashkiloti smetasining xarajatlari ularning yopiq rо‘yxatini о‘z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar kiradi:
xodimlarning mehnat haqini tо‘lash;
davlat nobyudjet fondlariga badallar;
aholiga transfyertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pyensiyalar, stipyendiyalar, nafaqalar, kompyensasiyalar va boshqa sosial tо‘lovlar);
safar xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompyensasion tо‘lovlar;
sotib olinishi kerak bо‘lgan tovarlar, bajarilishi lozim bо‘lgan ishlar va kо‘rsatilajak xizmatlarni tо‘lash.
YUqorida kо‘rsatilgan xarajatlar konkryet ehtiyojni qondirish о‘lchovi sifatida pul mablag’larining ma’lum summasi sifatida ifodalangan xarajatlar normasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli normalarning turli-tuman turlaridan foydalaniladi:
moddiy boyliklardan foydalanishning natural kо‘rsatkichlariga asoslangan normalar (ovqatlanish, myedikamyentlarni sotib olish, Yumshoq invyentarlar va h.k.lar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini namoyon etadi;
umumlashtirilgan yakka tartibdagi tо‘lovlar – ish haqi, pyensiyalar, stipyendiyalar, safar xarajatlari va boshqalar;
о‘tgan davrlarda mablag’larning sarflanish kо‘rsatkichlarini umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va byudjetning imkoniyalarini hisobga olgan holda vujudga kyeltirilgan normalar.
О‘zining murakkablik darajasiga qarab byudjet normalari ikkiga bо‘linadi:
1) oddiy normalar (xarajatlarning oddiy yoki konkryet turiga tyegishli bо‘lgan normalar);
2) kombinasiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan normalar (bir nyecha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va о‘xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan normalar).
Hozirgi sharoitda sosial soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini qamrab oladigan yiriklashtirilgan normalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish muassasalar ishini Yuqori yakuniy natijalarga erishishga yо‘naltiradi: bolalarni о‘qitish, mutaxassislarni tayyorlash, byemorlarga yordam kо‘rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qо‘llanilishi turli xarajatlar yо‘nalishida byudjet mablag’laridan foydalanish bо‘yicha tashkilotlarning mustaqlligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va tyejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.
Byudjet normalari juda kо‘p omillar ta’siri ostida о‘zgarib turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizimining о‘zgarishi, milliy xо‘jalikda ish haqining о‘sishi, mahalliy byudjetlarda xarajatlarni Moliyalashtirish bо‘yicha qо‘shimcha imkoniyatlarning paydo bо‘lishiga qarab byudjet normalari о‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |